Arkadiy Novikovning loyihasi gavjum shahar restorani formatida faoliyat yuritadi. Bu yerda katta davra bo‘lib yig‘ilish ham, tushlikka tezda tamaddi qilib ketish ham birdek qulay. Zal markazida xamir tugish bo‘yicha ochiq sex joylashgan, interyerdagi yorqin detallar esa beixtiyor e’tiborni tortadi: devorlarga tushirilgan Tbilisi ko‘chalarining ixcham grafikasi, shift ostidagi to‘qilgan abajurlar, an’anaviy gilam naqshlari bilan qoplangan kreslolar hamda ichiga tirik o‘simliklar ekilgan naqshinkor sopol kvevrilar shular jumlasidandir. Menyu Kavkazning eng sara taomlariga asoslangan: xinkalining bir nechta turi, baqlajonli ruletlar, xushbo‘y ziravorli satsivi va qaynoq go‘shtli taomlar shular sirasidandir.
Xachapuri narxi: 102 000 so‘m
Shavi — iliq muhit va ixcham interyerga ega, nisbatan yangi, o‘ziga xos hamda o‘zgacha shinam maskan. Maskandagi vazminlikni grafik detallar jonlantirib turadi: milliy libosdagi qiyofa aks etgan uslublashtirilgan suratlar, xinkali siluetlari tushirilgan naqshlar va devordagi xachapuri eskizlari. Issiq kunlar uchun kiraverishda stollar hamda ichki hovlida yozgi ayvon ko‘zda tutilgan. Menyuda an’anaviy gruzin taomlari — xinkali, xarcho, chkmeruli va chaxoxbili — sirnik, omlet va kruassan kabi odatiy shahar nonushtalari bilan yonma-yon o‘rin olgan.
Xachapuri o‘rtacha kattalikdagi ixcham qayiqcha shaklida tortiladi. Ofitsiant to‘g‘ridan-to‘g‘ri stol yonidayoq tuxum, sariyog‘ va nihoyatda cho‘ziluvchan pishloqni birga aralashtirib, to‘ldirmani yaxlit holatga keltiradi. Xamirining chetlari qarsildoq, ichidagi masalliq esa mutlaqo bir xil massali bo‘lib, hech qanday qumoqlarsiz tayyorlangan. Uning tuzilishi va ta’m mutanosibligi shu qadar maromiga yetkazilganki, deyarli biror kamchilikni ham topib bo‘lmaydi.
Xachapuri narxi: 75 000 so‘m
Restoran Toshkentning ramziy maskanlaridan biri — «Yangi kurantlar» binosida joylashgan. Baland shishali atriumga ega keng zal yorug‘likka g‘arq bo‘lgan. Jonli yam-yashil o‘simliklarning ko‘pligi ham, manzarali qushlar bilan bezatilgan shildirab oqayotgan favvora ham ko‘zni quvontiradi, anor shaklidagi urg‘u beruvchi chiroqlar esa makonga o‘zgacha jilo baxsh etadi. Istasangiz, ochiq oshxonada oshpazlarning ish jarayonini — xachapuri uchun xamir yoyib, uni pechga qo‘yishayotganini yoki xinkali tugib, ustidan bug‘i burqsib turgan katta qozonlarda pishirishayotganini kuzatishingiz mumkin. Menyudan an’anaviy Kavkaz oshxonasi taomlari o‘rin olgan: xushbo‘y ziravorli sho‘rvalar va tandir-manqalda pishirilgan qaynoq taomlardan tortib, xonaki gazaklaru yangi pishiriqlargacha topiladi.
Bu yerda ajarcha xachapurining ko‘rinishi ko‘proq shakli biroz yoyilib ketgan xonaki pirogni eslatadi. Xamiri g‘oyat yumshoq, tuzilishi jihatidan nonga yaqin, chetlari qarsildamaydi. Pishloqli to‘ldirmasi esa hafsalani pir qiladi: ta’mi ancha bemaza, konsistensiyasi bir xil emas — shu sababli tuxum sarig‘i va sariyog‘ bilan yaxshi aralashib, yaxlit massaga aylanmaydi. Tatib ko‘rgan kunimiz xizmat ko‘rsatish ham sezilarli darajada oqsadi: zalda ofitsiantlarning o‘zi deyarli yo‘q edi — bu ham umumiy taassurotni buzdi.
Xachapuri narxi: 102 000 so‘m
Adjarcha xachapurisi pechdan endigina uzilgan, qaynoq holda tortiladi. Bu yerdagi pishloqning ta’mi ancha yorqin va sho‘r. Asosiy massa esa xuddi sulugunidek: pishloq deyarli uzluksiz cho‘zilib, sira uzilay demasdi. Masalliqni aralashtirish chog‘ida xamir chetlariga qo‘shimcha sariyog‘ surtildi, ammo bu uning qobig‘iga orziqib kutilgan qarsildoq tusni bermadi. Shunga qaramay, xamirning ichi mayin va yaxshi pishgan. Umumiy hisobda — sifatli ijro va munosib tanlov.
Maskanning interyeri o‘ziga xos sharob tavernasi ruhida bezatilgan. Bu yerda chinakam xonadon shinamligi hukmron: g‘ishtin devorlarni sharob ichiladigan shoxlar, suratlar, bayan va hamma yoqqa ilingan Gruziya bayroqlari bezab turibdi. Tokchalarda esdalik sovg‘alari to‘plami, sopol ko‘zalar va ziravorlar solingan bankachalar ko‘zni quvontiradi, shift ostida esa manzarali tok novdalari chirmashib, popukli ipak abajurlar osilib turadi. Stollarda mehmonlarni yoqimli bir detal — xinkali shaklidagi tuzdon va murchdon kutib oladi. Ikkinchi qavatda esa dam olish kunlari hamda turli tadbirlar uchun xizmat ko‘rsatadigan alohida banket zali tashkil etilgan. Menyuda asosiy e’tibor Gruziyaning gastronomik timsollariga qaratilgan: cho‘g‘da pishirilgan sersuv go‘sht, quyuq va mazali xarcho sho‘rvasi, klassik gazaklar hamda yangi uzilgan pishiriqlar.
Xachapuri narxi: 112 000 so‘m
Bu xachapurining taftini hatto stolimiz tepasida to‘xtovsiz ishlayotgan konditsioner ham sovita olmadi. Kamtarona qayiqcha o‘rniga dasturxonga xuddi butun bir kemani tortishadi. Qabariq, qaynoq xamir ortida qaymoq mazasi yaqqol sezilib turuvchi mo‘l pishloqli to‘ldirma yashiringan. Tuxum va pishloq bir butunga aylanib ketguncha, qiymasi bir xil cho‘ziluvchan holatda yaxshilab aralashtiriladi. Chetidagi qobiqqa aynan o‘sha jarangdor qarsildoq yetishmaydi, biroq ta’mning yorqinligi va boyligi bu jihatni osongina unutishingizga yo‘l qo‘yadi.
Xachapuri narxi: 98 000 so‘m
Maskan ostonasidanoq xushbichim va mehmondo‘st gruzin xonadoni muhitiga oshno etadi. Uning ichki qismi relyefli keramika va yorqin bezaklar bilan bezatilgan: stollar uzra qizil ko‘zalardan ishlangan shodalari-yu to‘qima qandillar osilgan, stullar oq mo‘yna bilan qoplangan, devorda esa anor tasvirlangan panno ko‘zga tashlanadi. Interyerdagi ustunlar orasida sopol idishlardan yasalgan vertikal kompozitsiyalar ajralib turadi. Restoranning asosiy o‘ziga xosligi — mehmonlarning sevimlisiga aylangan jonli timsol, zal bo‘ylab erkin aylanib yuradigan va bu yerga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydigan yoqimtoy qo‘zichoq (maskanning Manana ismli ramzi). Menyuda esa an’anaviy gruzin taomlari zamonaviy uslubda tortiladi.
Restoran hududi bir-biridan yaqqol ajralib turuvchi ikki zonaga bo‘lingan: keng, yorug‘ terrasa va klassik uslubdagi asosiy zal. Terrasada yozgi bog‘ muhiti hukm suradi: shifti quyuq ko‘katlarga burkangan, panoramali derazalar sayr qilishga mo‘ljallangan yashil hududga qaragan, mehmonlar och rangli o‘rindiqlarga joylashadi, to‘rida esa o‘tinli pech ko‘zga tashlanadi. Asosiy zal esa, aksincha, ancha vazmin, oqshomona kayfiyat baxsh etadi. Bu yerda archasimon terilgan yog‘och parket to‘q qizil dasturxon yozilgan stollar hamda derazalardagi qalin qizil pardalar bilan uyg‘unlashgan. Menyu Kavkaz dasturxonining eng sara taomlariga asoslangan bo‘lib, unda kutilganidek yangi pishiriqlar va to‘yimli go‘shtli taomlarga asosiy urg‘u berilgan.
Bu yerda adjarcha xachapuri kichik, ixcham qayiqcha shaklida tortiladi. Pishloqli to‘ldirmasi saylanmadagi boshqalarga qaraganda ancha ochroq rangda, ta’mida esa nordonlik yaqqol seziladi. Qarsildoq qobig‘idan bu safar ham zavqlanishga muvaffaq bo‘lmadik. Xullas, qarshimizda mukammal darajaga biroz yetmaydigan, ammo durustgina oddiy pishiriq bo‘lib chiqdi.
Xachapuri narxi: 95 000 so‘m
Shavi reytingdan oxirgi o‘rinni egalladi: pishiriqning ochiqchasiga zaif ijrosi xuddi shunday darajadagi pala-partish xizmat bilan uyg‘unlikda salbiy taassurot qoldirdi.
Khachapuri Park bir pog‘ona yuqorida: nonli chetlari haddan tashqari qalinligi va pishloqning o‘ta sho‘rligi ta’m muvozanati buzilishiga olib kelgan.
Manana to‘rtinchi o‘rinda: har kun uchun mo‘ljallangan oddiy va tushunarli klassika, uni faqat to‘ldirmasidagi o‘ziga xos nordonlik biroz fosh qilib qo‘yadi.
Shvili pishloqning yorqin, to‘yingan ta’mi va cho‘ziluvchanligi uchun bronzani qo‘lga kiritadi.
PRO.Xinkali kumushga sazovor bo‘ldi: to‘ldirmaning mukammal bir xilligi va qizarib pishgan qobig‘ining o‘sha jarangdor qarsillashi ajoyib juftlik hosil qilgan.
Gruzin — shubhasiz birinchi o‘rinda. Har qanday mayda kamchiliklarni yopib ketadigan ajoyib qaymoqli ta’mga ega, barcha qoidalarga to‘liq mos keluvchi, maksimal darajada original xachapuri.
Ushbu makonda tayyorlanadigan adjarcha xachapuri tashqi ko‘rinishidan yupqa hoshiyasi bilan ajralib turadi: bu yerda xamir saylanmaning boshqa ishtirokchilariga qaraganda sezilarli darajada kamroq. Asosi ancha zich va yaqqol non teksturasiga ega. Ta’mida esa e’tiborni o‘ziga tortib, nachinkaning qolgan nozik jihatlarini biroz bosib qo‘yuvchi sho‘rtob pishloq so‘zsiz ustunlik qiladi. Natijada qarshimizda to‘yimli, ammo ta’m muvozanati buzilgani sababli yanada uyg‘un namunalardan ortda qoladigan variant namoyon bo‘ladi.
Sayyora Madmussayeva