Ribambelle
Nominatsiya
bo‘yicha Gran-pri — MDH hududidagi asosiy va eng mashhur oilaviy franshiza
sanalgan «Ribambelle» restoraniga. Bu yerda oilaviy dam olish uchun ideal
sharoitlar yaratilgan: bolalar mutlaq bayramning mohirona loyihalangan olamida
soatlab vaqt o‘tkazishi, ota-onalar esa fayn-dayning uslubidagi kechki
ovqatidan bahramand bo‘lishi mumkin.
«Ribambelle»
restoranida ikkita bolalar shaharchasi mavjud: birinchisi kichkintoylar uchun,
ikkinchisi kattaroq bolalar uchun, bu —
uylar, tepalik va quruq basseynli kattalar dunyosining haqiqiy miniatyuralari.
Barcha o‘yinchoqlar xavfsiz va ekologik toza materiallardan tayyorlangan,
kichik mehmonlar esa mehribon enagalar va quvnoq animatorlar nazorati ostida
o‘ynaydi. Bu yerda mahorat darslari va ijodiy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi:
bolalar pitsa tayyorlashadi, shamlar yasashadi yoki futbolkalarni bo‘yashadi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin:
gigant krevetkali ikki kishilik pasta
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: mol
goʻshtidan uyda tayyorlangan chuchvara
Bolalar maydonchasi narxi: 120 000 soʻmdan
boshlanadi
Zinaida
Zinaidanikida
mehmonda shinam uy muhiti, ruscha o‘tin pechi, qo‘lda yasalgan mebellar,
nostalgik retseptlar, yuksak darajadagi iliqlik va samimiyat. Jiddiy oilaviy
restoranlarga xos bo‘lganidek, bu yerda enagalar nazoratidagi keng o‘yin
maydoni, shuningdek, barcha qulayliklarga ega ona va bola xonasi mavjud. Har
hafta oxirida Zinaida restoranida bolalar uchun animatsion shoular va
pazandalik bo‘yicha mahorat darslari: pechenye bo‘yash, vareniklar ustaxonasi,
kimyoviy tajribalar, yosh xonimlar va mitti janoblar uchun restoran etiketlari,
Oʻrgimchak odam kompaniyasida dunyoni qutqarish operatsiyalari va Garri Potter
bilan shokoladli kartoshkani sehrli tarzda tayyorlash kabilar o‘tkaziladi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin:
beshbarmoq, restoran asoschisining buvisi tuzgan retsept asosida tovuq jigari
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: lagʻmonli
tovuq shoʻrva, qishloqcha pitsa
Zinaida
Benedict
Kechikkan
nonushta va foydali ozuqa (PP) menyusiga ega zamonaviy shahar kafelarida turli
yoshdagi bolalar uchun o‘yin maydonchasi yaratildi, shu tariqa loyihaning
universalligi va mashhurligi Nest One’dan ham oshib ketdi. Bolalar xonasidagi
kichkintoylarga enaga qaraydi, kattaroq bolalar esa PS5 o‘yinini o‘ynashi
mumkin. Dam olish kunlari Benedict’da pazandalik mahorat darslari bo‘lib
o‘tadi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin: buzoq
goʻshti solingan iliq salat, mol goʻshti kotletli burger
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: tovuq
kotletli mini-burger
Gōsht
Sersuv
burger va steyklarni targ‘ib qiluvchi kultga aylangan go‘sht restoranlari
erkaklarga xos va qoʻpol bo‘lishi shart emas. Oilaviy format — nima uchun
shunday bo‘lishi kerak? Gōsht tarmog‘ining har bir restoranida tepaliklar,
rivojlantiruvchi o‘yinlar va ko‘plab koʻngilochar attraksionlar bilan
jihozlagan bolalar maydonchalari mavjud bo‘lib, hayot tantanasini malakali
enagalar nazorat qiladi. Shuningdek, dam olish kunlari restoranlarda
kengaytirilgan dasturli mahorat darslari o‘tkaziladi: bolalar goh pazandailikni
mashq qilishadi, goh slaymlar tayyorlashadi, goh shopperlar rasm chizishadi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin:
josper joʻjasi, «Qoʻzichoqlar sukunati» burgeri
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: «Joʻja»
burgeri
«Yujanin»
Mehmondo‘st
va quvnoq «Yujanin» — ish kunlari oilaviy tushliklar, juma va shanba kunlari
kattalar uchun ziyofatlar va dam olish kunlari bolalar uchun animatsiyalarga
boy Yevropaga xos Kavkaz taomlari restorani. Kattalar bayramlarni nishonlaydi,
jonli musiqa sadolari ostida raqsga tushadi, mashhurlar va yosh mahalliy
musiqachilarning konsertlarida qo‘shiq aytadi; jajji mehmonlar labirint,
tepalik va quruq basseynli katta Kids Roomda ko‘ngil ochadi. Har yakshanba soat
13:00 da animatsion shou, spektakl yoki mahorat darsi uchun bepul umumiy
bolalar yig‘ini e’lon qilinadi!
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin: mol
goʻshtili cheburek, shashliklarning barcha turlari va megrelcha xachapuri
Bolalar nimalar tanovul qilishi mumkin:
kartshka frili tovuq kabob
Cuсucina
Cucucina
trattoriyasi butun oilangiz bilan Italiyaga bir kunlik sayohat demakdir.
Ota-onalar to‘plangan charchoqni pitsa bilan yeyish yoki sprits bilan ichish
kerakligini hal qilguncha, bambinilar har qanday yoshga mos o‘yinchoqlar va
rivojlantiruvchi materiallar bilan bolalar shaharchasida o‘zining eng yaxshi
tashvishsiz hayotlarini yashaydi. Oilaviy yakshanba kuni Cucucina pazandalik
mahorat darslarini o‘tkazadi, u yerda bolalar kelajakdagi massimo botturlarni
nishonlaydi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin:
lazanya, karbonara
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: qoʻzi
goʻshtili ravioli
«Tanuki»
«Tanuki»
— «sushi va roll» yo‘nalishidagi asosiy restoran bo‘lib, u yerga katta
kompaniya boʻlib, oilalar va butun avlodlar tashrif buyurishadi. Bolalar
ko‘proq Tashkent City Mall’dagi filialni yoqtirishadi, u yerda Osiyoga xos
minimalistik, ammo juda munosib o‘yin xonasi tashkil etilgan. Har bir bola
o‘ziga qiziqarli mashg‘ulot topishi uchun ekoo‘yinchoqlar, planshetlar,
multfilmli televizor, bizbord, uycha va boshqa ko‘p narsalar mavjud. Yakshanba
kunlari kichkintoylar bilan animatorlar o‘ynaydi, shuningdek, muntazam ravishda
mahorat darslari o‘tkaziladi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin:
albatta, rollar
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: kartoshka
pyure solingan tovuqli eskimo
Broccoli Park
Broccoli
Parkda shahardagi eng katta tarqatish liniyasi mavjud bo‘lib, unda bir vaqtning
o‘zida 120 dan ortiq taomlar mavjud. Jumladan, bolalarbop hitlar: frikadelkali
sho‘rva, mini-chuchvaralar, mini-burgerlar, baliqli kotletlar. Desert uchun —
attraksion, mashinalar, bo‘yoqlar, bizibord bilan jihozlangan yoqimli o‘yin
zonasi; har kuni kechqurun soat 18:00 dan 23:00 gacha enaga ishlaydi. Broccoli
Park qandaydir hashamatli restoran emas, bu yaxshi moslangan har kungi kafe,
shuning uchun biz bahona kutib o‘tirmay, hoziroq shaxsiy Oila kunini o‘ylab
topishni taklif qilamiz.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi kerak:
qalampir sousli qarsildoq joʻja, tabaka joʻja
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: quyon
goʻshidan frikadelka, bolalar uchun chuchvara
Broccoli Park
Адрес: Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Shahrisabz koʻchasi, 31B
June
Oloy
bozoridagi June kafesi yosh gedonist ota-onalar uchun oʻziga xos quyoshli kunni
boshlash uchun muhim joy. Aytishlaricha, agar siz allaqachon afsonaviy «Ikki
kishilik katta nonushta”ga tuxum, turli xil gazaklar va bir juft shoʻx chaqnoq
qadahlar bilan buyurtma bersangiz, qalbingizda iyun — yoz boshlanadi. Shu bilan
birga, eng yaxshi onalar instagram akkauntlaridagi kabi, mikrooshxonalarga ega
zamonaviy o‘yin burchagida bolalarning o‘z ratsioni bor. Ma’lumot
uchun: June — dog-friendly-kafe, ya’ni oilaviy nonushtada hatto paxmoq oila
a’zolari ham ishtirok etishi mumkin.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin: «Ikki
kishilik katta nonushta»
Bolalar nima tanovul qilishi mumkin: tuxumli
tovuq shoʻrva, chiken chips boul
CZN Burak Gurme
Toshkentdagi
turk taomlari restoranlari deyarli shaharni tashkil qiluvchi korxonalar
bo‘lgani uchun sizni mavzuga oid tavsiyalarsiz qoldirolmadik. CZN Burak Gurme
o‘zining yangiligi (2024-yil kuzida ochilgan) va millionlarning kumiri,
tomoshabindan ko‘z uzmay ulkan shou taomlar tayyorlaydigan insta-shef Burak
O‘zdemirning mashhur nomi bilan e’tiborni tortadi (agar hali bilmasangiz,
tekshirib ko‘ring: @cznburak). Magic City’dagi CZN Burak menyusi ham keng
qamrovli: bu yerda turk oshxonasining butun boshli ensiklopediyasi, jumladan,
kabobning 18 xili mavjud. Bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va enagaga
ega shinam o‘yin zonasi yaratildi, yakshanba kunlari esa soat 17:00 dan 18:00
gacha shou-dasturlar va mahorat darslari o‘tkaziladi.
Kattalar nimalarni tatib koʻrishi mumkin:
ustiga ismingiz bitilgan «ismli pide»
Bolalar
nima tanovul qilishi mumkin: rang-barang burgerlar.