Shunday bosh oshpazlar borki, ularni bitta yo‘nalish bilan osongina ta’riflash mumkin: italyan, yapon yoki fransuz oshxonasi. Biroq, Nikita Bichkovga nisbatan bunday yondashuv to‘g‘ri kelmaydi. Uning kasbiy faoliyatida turli yo‘nalishdagi loyihalar yonma-yon o‘rin olgan. OKO’da zamonaviy mualliflik oshxonasi yorqin osiyocha urg‘ular bilan uyg‘unlashsa, Zira yanada tushunarli va kundalik formatni taklif etadi, Zimmer esa kechki shaharning butunlay o‘zgacha muhitini taqdim etadi. Ularni taomga bo‘lgan yondashuv birlashtirib turadi: tanish mahsulot yangicha talqin kasb etishi, ammo eng asosiysi — o‘z ta’mini yo‘qotmasligi kerak.
«12» va Ora makonlari Ultima Guide 2026 talqiniga ko‘ra Toshkentning eng yaxshi restoranlari ro‘yxatidan joy oldi. Bundan tashqari, Ora restorani «A’lo darajadagi xizmat», «Eng yaxshi interyer» va «Foydalanuvchilar tanlovi» maxsus nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ilhom Xudoyberganovning oshxonasi o‘zbek gastronomiyasi qaysi yo‘nalishda rivojlanishi mumkinligining yaqqol ifodasidir. Palovni zamonaviy deb atash uchun uni molekulalarga ajratish shart emas. Ba’zida tanish taomning muvaffaqiyat sirini tushunish va u haqda yangicha tilda so‘zlay olishning o‘zi kifoya.
OKO va Zira Toshkentning Ultima Guide 2026 eng yaxshi restoranlari ro‘yxatidan joy olgan. 2026-yilning fevral oyida Nikita Bichkov WhereToEat Uzbekistan talqiniga ko‘ra «Yil bosh oshpazi» unvoniga sazovor bo‘ldi.
Biz ushbu jarayonga turlicha ta’sir ko‘rsatayotgan bosh oshpazlarni bir joyga jamladik. Bu yerda o‘rinlar taqsimoti ham, birinchilik uchun kurash ham yo‘q. Har kimning o‘z oshxonasi, o‘z falsafasi va zamonaviy shahar ta’mi qanday bo‘lishi kerakligi borasida o‘z tasavvuri bor.
Furusato
«12», Ora
Furusato — Ultima Guide 2026 top ro‘yxatida.
Gastronomiya va teatr azaldan yonma-yon yashab kelmoqda. Shunchaki, birida tomoshabinga dastur, ikkinchisida esa menyu taqdim etiladi. Islom Qurbonov zamonaviy restoran mehmonga gazaklar va issiq taomlar ketma-ketligidan ko‘ra ko‘proq narsa taklif qila olishini yaxshi tushunadi.
Bunday gastronomiya nozik did va ehtiyotkorlikni talab qiladi. Qiziqarli tajriba bilan faqat rasmga olish uchungina yaratilgan taom o‘rtasidagi masofa ba’zan atigi bitta ortiqcha masalliqdan iborat bo‘ladi. Qurbonovning ijodi aynan tashqi ko‘rinish va mazmun o‘rtasidagi muvozanatni topishga bo‘lgan intilishi bilan e’tiborga molik.
Ilhom Xudoyberganov Xorazmda — ovqat shunchaki maishiy ehtiyoj emas, balki madaniy xotiraning to‘laqonli qismi bo‘lgan zaminda ulg‘aygan. Biroq, uning kasbiy yuksalishi vatanidan yiroqda kechdi. Sankt-Peterburgda u restorandagi quyi lavozimlardan tortib, Four Seasons oshxonasi hamda Birch jamoasi bilan hamkorlik qilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Yevropa maktabi unga muvozanat, tekstura va mahsulot bilan ishlashni o‘rgatdi, O‘zbekistonga qaytish esa bu bilimlarni bolalikdan tanish ta’mlarga tatbiq etish imkonini berdi.
Oshxonasini Alyona Ivaxnenko boshqarayotgan Kaspiyka kabi loyihalarning rivoji shaharliklarning gastronomik odatlarini boyitmoqda hamda dengiz mahsulotlarini faqatgina bayram dasturxoniga xos ne’mat emas, balki kundalik restoran madaniyatining bir qismiga aylantirmoqda.
Nachalo
Bu yerda gastronomik Osiyo mahorat va texnika — vok, gril, harorat, tekstura hamda souslar bilan ishlash orqali namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, muvozanat falsafasi juda qiziq: achchiq ta’m mahsulotning o‘z mazasini bosib ketmasligi, nordonlik shunchaki nordon bo‘lishi uchungina qo‘shilmasligi kerak, to‘g‘ri tayyorlangan dengiz mahsuloti esa ortiqcha niqoblashga muhtoj emas. Ehtimol, detallarga bo‘lgan aynan shunday munosabat haqiqiy Osiyo oshxonasini uning ko‘plab taqlidlaridan ajratib tursa kerak.
taomning rejissyori paydo bo‘lgan mahal
gastronomik sayyohliksiz Osiyo
Toshkentga aylanishiga majbur bo‘lmagan Tokio
Kitana — 2026-yilgi Ultima Guide’ning Toshkentdagi eng yaxshi restoranlar ro‘yxatida.
Yangicha ta’bni mujassamlashtirgan makon
Uning faoliyatidagi eng qiziqarli jihat hatto alohida taomlarda ham emas, balki o‘ziga xos yuqori saviyani saqlab qolgan holda turli restoran konsepsiyalarini yo‘lga qo‘ya olish mahoratidadir. Zero, degustatsiya uchun yorqin taom o‘ylab topish — bu bitta vazifa. Uni yuzlab marta bir xilda a’lo darajada tayyorlashlarini ta’minlash esa — umuman boshqa masala.
Kitana
gastronomik cheklovlarni aslo yoqtirmaydigan oshpaz
Va bu ham poytaxtning gastronomik madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Zero, o‘zga oshxona bilan tanishuv har doim ham uni soddalashtirishdan boshlanishi shart emas. Ba’zan gastronomik qiziquvchanlik notanish ta’m sari qadam tashlashni talab qiladi.
Bazar
Bazar’da bu g‘oya o‘z shakl-shamoyiliga ega bo‘ldi: bu yerda sharq oshxonasi muzey eksponatiga aylanib qolmaydi, biroq o‘z ildizlaridan ham uzoqlashmaydi. Bunga yorqin misol — bosh oshpazning bolalik xotiralaridan ilhomlangan, ammo zamonaviy restoran texnikasi orqali yangicha talqin etilgan chebureklar.
Toshkentda azaldan mehmonni lazzatli taomlar bilan siylashni bilishadi, buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo bir necha yil muqaddam poytaxtning gastronomik da’volari odatiy unsurlar bilangina cheklanar edi: kattagina porsiya, chiroyli idishlar, qimmatbaho interyer hamda palov, «Sezar», sushi va «Karbonara» pastasi yonma-yon «til topishib» ketadigan menyu. Oxirgisi, albatta, qaymoq qo‘shib tayyorlanardi. Italyanlar buni ma’qullamasligi aniq edi-yu, lekin mehmonlarning qorni to‘yardi.
OKO, Zira, Oila, Zimmer
zamonaviy oshxona tiliga ko‘chirilgan bolalik xotiralari
Milliy oshxonani mahalliy ta’bga moslashtirishda bir muammo bor: ba’zan moslashuv jarayoni davomida oshxonaning o‘zi yo‘qolib ketadi. Furusato bosh oshpazi Atsuto Uchiyama boshqacha yo‘lni taklif qiladi.
Kaspiyka loyihasi ham yangi Ultima Guide’dan o‘rin olgan.
Zamonaviy restoran oldida qiziqarli bir vazifa turibdi: u o‘z qiyofasiga ega bo‘lishi, ammo shu bilan birga mehmonda shaxsiy taassurot uyg‘onishi uchun biroz erkinlik qoldirishi kerak.
Fillet, Zaytoon
Fillet va Zaytoon loyihalari asoschisi hamda bosh oshpazi Shuhrat Ishankulov restoran sohasi rivojining boshqa bir muhim yo‘nalishini — taomdan zavqlanish uchun ortiqcha izoh talab etilmaydigan, tushunarli va ishonchli oshxonani namoyon etadi. Zamonaviy komfort-fud oddiy va jo‘n taom ma’nosini anglatmay qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Aksincha, taom ko‘rinishidan qanchalik sodda bo‘lsa, uning barqaror sifatini ta’minlash ba’zan shunchalik qiyin kechadi.
Toshkentda dengiz mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu esa restoranlardan alohida tartib-intizomni talab qiladi: logistika, masalliq sifati, saqlash sharoitlari va to‘g‘ri ishlov berish — bularning barchasi muhim ahamiyatga ega. Baliq, umuman olganda, aldovni ko‘tarmaydigan mahsulot. Murakkab qayla yoki mo‘l-ko‘l ziravorlar yordamida ko‘p kamchiliklarni yashirish mumkin, ammo chinakam sifatli dengiz taomlari dasturxonga tortilishidan ancha oldin boshlanadi.
Kaspiyka
Panosiyo oshxonasi Toshkentda allaqachon o‘z o‘rnini topgan. To‘g‘ri, ba’zida bu ta’rif ortida Osiyoni oz bo‘lsa-da eslatuvchi barcha narsalarning g‘aroyib qorishmasi yashiringan bo‘ladi: sushi, tom yam, ugra, poke va, albatta, shirin chili. Shahzod To‘xtayevning yondashuvi esa ancha jiddiy.
Ushbu bosh oshpazlarning barchasi turli kasbiy tajribaga ega bo‘lsa-da, ular birgalikda juda muhim o‘zgarishni yuzaga keltirmoqda: Toshkentda asta-sekin nafaqat restoranlar, balki gastronomik falsafalar o‘rtasida ham tanlash imkoniyati paydo bo‘lyapti. Xohlang — yapon klassikasidan bahramand bo‘ling, xohlang — sharq taomlarining zamonaviy talqinini tatib ko‘ring, mualliflik setini tanlang yoki shunchaki mukammal pishirilgan go‘sht bo‘lagiga buyurtma bering.
U 10 yildan ortiq vaqt davomida Moskvada, jumladan, Novikov Group loyihalarida ishlagan, Xitoy va Panosiyo oshxonalari, dengiz mahsulotlari hamda premium segmentdagi restoran standartlarini o‘rgangan. 2025-yilda u Toshkentga qaytib, Kitana jamoasiga qo‘shildi.
Uning ortida Tokio va Yokogamadagi 10 yildan ortiq ish tajribasi bor. Toshkentlik mehmonga yapon ta’mi qanday tuyulishi kerakligini taxmin qilishga urinish o‘rniga, u shaharni an’anaviyroq yondashuv bilan tanishtiradi. Ramen, tempura, kamameshi guruchi, asl masalliqlar va bulyon sifatiga bo‘lgan e’tibor — bu yerda dabdabali tortiq emas, balki tayyorlash aniqligini ta’minlash muhimroq.
dengizsiz shahardagi dengiz taomlari
O‘zbekiston o‘ziga xos geografik joylashuvga ega: dunyo ummoniga chiqish uchun kamida ikkita davlat chegarasini kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Biroq ajoyib baliq taomlaridan bahramand bo‘lish uchun, xayriyatki, dengiz bo‘yida yashash shart emas.
ortiqcha dabdabasiz gastronomiya
Bugun qoidalar o‘zgarmoqda. Endilikda restoranda kechki ovqatni tanovul qilish shunchaki qorin to‘ydirish emas, balki kimningdir mahsulotga, madaniyatga va umuman ta’m g‘oyasiga bo‘lgan qarashlari bilan tanishish uchun bir bahonaga aylanib bormoqda. Bosh oshpazlar mahalliy masalliqlar bilan ishlamoqda, an’analarni yangicha talqin qilmoqda, xalqaro tajribani olib kirmoqda va ba’zan hatto likopchadan barcha ortiqcha narsalarni olib tashlashga ham jur’at etmoqda. Ehtimol, gastronomik muhit ulg‘ayib borayotganining eng asosiy belgisi shudir: Toshkent asta-sekin masalliqlarning miqdorini emas, balki ularga qanday ishlov berilganini qadrlashni o‘rganmoqda.
Mualliflik setlari, murakkab usullar va gastronomik tomoshalar ortidan bir oddiy haqiqatni unutib qo‘yish hech gap emas: mehmonlarning aksariyati restoranga baribir qorin to‘yg‘azish uchun keladi.
Bunday yondashuv, ayniqsa, yangi gastronomik g‘oyalar nafaqat maxsus kechki ziyofatlar shaklida, balki shaharning kundalik hayotida ham o‘z aksini topishi kerak bo‘lgan, tobora o‘sib borayotgan restoran bozori uchun juda muhimdir.
Nachalo muhitining o‘ziyoq zamonaviy san’at estetikasiga hamohangdir. Bu kengroq ko‘lamdagi tendensiya haqida so‘z yuritish uchun yaxshi bahona: Toshkentdagi restoranlar shunchaki kechki ovqat ustida uchrashadigan joy emas, balki tobora shahar madaniy hayotining bir bo‘lagiga aylanib bormoqda. Biroq birgina hashamatli interyerning o‘zi hali hech kimni buyuk bosh oshpazga aylantirmagan. Asosiy masala doimo oshxonada hal bo‘ladi: restoran o‘z g‘oyasini taomlar orqali qanchalik izchil ifodalay oladi va ilk tashrifdan so‘ng mehmonning qiziqishini saqlab qolishga qodirmi?
Islom o‘z vaqtida Moskvaning White Rabbit va Beluga restoranlarida tajriba orttirgan bo‘lsa, bugun uning kasbiy mahoratiga Toshkentning «12» hamda Ora restoranlarida baho berishingiz mumkin. Ora’da mualliflik setlari alohida o‘rin tutadi. Bu yerda nafaqat mahsulotlar va tayyorlash texnikasi, balki taassurotlar ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega. Uning uch xil ikra qo‘shilgan losos balig‘i yoki grechkali popkorn bilan tortiladigan mol qovurg‘asi — odatiy masalliqlar kutilmagan uyg‘unlik hosil qiladigan kombinatsiyalardir.
Agar ilgari Toshkent deganda ko‘z oldimizga avvalo palov, somsa va sharqona dasturxon to‘kin-sochinligi kelgan bo‘lsa, bugungi kunda shaharda o‘zi haqida ancha ko‘proq so‘zlab berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Biroq palov ham hech qayerga yo‘qolmaydi, albatta. Bunga ming shukur! Zero, zamonaviy gastronomiyaning vazifasi odatiy ta’mlarni yangilari bilan almashtirish emas, balki gastronomik tariximizni boyitib, uni tinglash, tatib ko‘rish va davom ettirish istagini tug‘dirishdan tashkil topadi.
Fotosuratlar: restoranlarning saytlari va sahifalari; Yandex Maps
Shu yerda gastronomik o‘zgarishlarning yana bir muhim ishtirokchisi — xo‘randaning o‘zi sahnaga chiqadi. Bugungi toshkentlik mehmon tobora talabchan bo‘lib bormoqda. U sayohat qiladi, tatib ko‘radi, taqqoslaydi va asta-sekin taomning chiroyli tortilishini yuqori narx uchun yetarli asos deb hisoblamay qo‘yadi. Va bu, ehtimol, restoran sanoati uchun eng yaxshi yangiliklardan biridir. Zero, talabchan omma oshpazlarni o‘z ustida ishlashga majbur qiladi. Mahoratli oshpazlar esa, o‘z navbatida, ommaning didini tarbiyalaydi. Natijada har ikki tomon ham g‘alaba qozonadigan juda qiziqarli gastronomik muloqot yuzaga keladi.
Yangi avlod bosh oshpazlari faoliyatining asosiy natijasi shundaki, shahar o‘zining xos gastronomik qiyofasiga ega bo‘lmoqda. U Moskva, Parij yoki Tokiodan ko‘chirilmagan, Pinterest’dagi namunalar asosida jamlanmagan va restoran xoldingining navbatdagi strategik sessiyasida o‘ylab topilmagan. Balki an’analarga hurmat, yangilikka qiziqish va, eng quvonarlisi, sifatga bo‘lgan tobora yuqori talablar bilan yo‘g‘rilgan o‘z qiyofasidir.