Taomnomaning asosiy yutug‘i — TOSH o‘zbekcha nonushtasi: issiqgina obi non, qaymoq va murabbo. Bu, O‘zbekistonda tug‘ilgan, o‘sgan yoki yashagan har bir inson uchun tom ma’nodagi tonggi odatdir. Ajablanarlisi, shunday nonushtani to‘laqonli qahva bilan birga tortish hech kimning xayoliga kelmagan. Bu yerda ular tanish taomni «dekonstruksiya» qilib, uni gastronomik attraksionga aylantirishga yoki murakkab nomlar ortiga yashirishga urinishmagan. Aksincha, ta’bga ko‘ra qo‘shimchalar bilan boyitish mumkin bo‘lgan asl klassikani saqlab qolishgan. Shuningdek, hammaga tanish salatlar, bouldan va sendvichlardan tashqari, qandolat mahsulotlari qatorini, ayniqsa, makli rulet, qurtli pechenye hamda makli tvorogli zapekankani alohida ta’kidlash joiz.
Shuningdek, issiq va sovuq turlari mavjud alohida matcha-karta ham bor: yudzu va yasminli matcha, xodzicha-latte, matcha-tonik va «bananli bulut». Mualliflik ichimliklari bo‘limida esa o‘rik va rayhonli kompotlar (bu yerda ularni sharbat deb atashadi), feyxoali limonad va otquloqli yashil detoks taqdim etilgan.
Tosh Coffee’da o‘ziga xos o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish formati joriy etilgan: buyurtma va to‘lovni kassada o‘zingiz amalga oshirasiz, shundan so‘ng ichimlik va taomlarni stolingizga olib kelib berishadi. Bu biz o‘rgangan ma’nodagi restoran servisi emas, lekin «stakanni olding-u, ketding» qabilidagi xizmat ham emas. Bu, aksincha, qahvaxonaning o‘ziga mos oraliq format: tezda nonushta qilib olish uchun yetarlicha erkin, makonda qolib ishlash uchun esa anchagina qulay.
Interyer ancha qiziqarli va o‘zgacha ko‘rinishga ega: unda Toshkent modernizmiga ishoralar ko‘p (ayniqsa, dekorativ barelyeflar uslublashtirilgani tahsinga loyiq), shu bilan birga, mebel borasida juda ixcham yechimlarni kuzatish mumkin. Qahvaxonadagi kolleksiyasi muntazam to‘ldirib boriladigan vinil plastinkalar musiqasi esa muhitga alohida joziba bag‘ishlaydi.
Fotosuratlar: restoranning saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps
Menyuda yaxshi speshlti-maskanda siz ko‘rishni kutayotgan ko‘p narsalar bor: espresso, amerikano, kapuchino, filtr-shot, V60 hamda tanlovga ikkilanayotgan yoki hayotdan borini olishga o‘rganganlar uchun barista-set (unga espresso, filtr va flet uayt kiradi). Bularning barchasi qahvaxonaning o‘zida qovurilgan donlardan tayyorlanadi.