Ostonadan hatlashingiz bilanoq goʻyo bir zumda boshqa bir makonga tushib qolgandek boʻlasiz: bu yerning har bir qarichida Sharq nafasi ufurib turadi. Birinchi qavatda manqal va oʻtinli pechlar oʻrnatilgan ochiq oshxona eʼtiborni tortadi — bu yerda olovning taʼsir kuchi taomning lazzatidan aslo qolishmaydi. «Krivtsova & Redina» tomonidan yaratilgan interyer ortiqcha dabdabasiz saroy muhitini aks ettiradi: ravoqli shiftlar, mayin matolar, iliq nur va shinam hashamat hissini uygʻotadi.
Menyu Yaqin Sharq xaritasini eslatadi: Iordaniya, Marokash, Livan, Suriya. Barchasi meze bilan boshlanadi: humus, matbuxa, mutabal, oʻtinli pechda pishirilgan nonlar. Keyin esa fatush, qutablar, tovuqli manakish tortiladi. Issiq taomlar sifatida qoʻzi, mol goʻshti, tovuq yoki yoʻlbars qisqichbaqasidan tayyorlangan qiyma shashliklar taqdim etiladi: mazali, xushboʻy boʻlib, yupqa lavash ustida, koʻkatlar va qaylalar bilan birga keltiriladi. Yana, albatta, tajin: Magʻrib ananasiga xos tarzda kurka, qoʻzichoq yoki dengiz mahsulotlari bilan past olovda uzoq dimlab pishirilgan toʻyingan taʼmli taom. «Maroon”da oʻrtacha chek 450 000–500 000 soʻmni tashkil etadi.
Oshxona uchun 12 yildan ortiq vaqtdan beri «Novikov Group» bilan hamkorlik qilib kelayotgan brend-shef Vladimir Bogojavets masʼul. Aytgancha, u Moskvadagi «Maroon» va «Meraki» loyihalari ustida ham ishlagan. Vladimir koʻp sayohat qiladi, dunyoning turli burchaklaridan gʻoya va uslublarni olib kelib, ularni menyuga mahorat bilan singdiradi — natijada taomlar ham tushunarli, ham zerikarli boʻlmagan koʻrinish oladi.
Foto: restoran saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; restoran PR‑xizmati