Gruziya taomlarining goʻzalligi. Satsivi, rang-barang pxali, doʻlma, xinkali, xachapuri, chaxohbili, mangalda pishirilgan kaboblar — barchasi oshpaz Lika Mardaleyshvilining anʼanalariga koʻra tayyorlanadi. Tashrif buyurishga alohida sabab — «ona xinkali»: katta oʻlchamdagi xinkali ichida oʻnta kichik «xinkalichalar» joylashgan. Uni hurmat-ehtirom va turli maxsus effektlar bilan dasturxonga tortishadi. Shuningdek, krevetka va losos baliqli, hamda olcha va smetanali xinkalilari ham qiziqarli taomlar hisoblanadi.
Bu hikoyaning italyancha qismi ham xuddi shunday mehmondoʻstlik darajasiga ega boʻlib, boy anʼanalar va xamirli taomlar, sersuv sabzavotlar, xushboʻy ziravorlar hamda pishloqlarga boʻlgan katta muhabbat bilan ajralib turadi. Osteria Mario restoraning bosh oshpazi Aleksandr Morin tartarlar, bruskettalar, qirrasi qarsildoq Rim pitssasi, uy sharoitida tayyorlangan pasta va parmezan qatlami ostidagi rizottoga alohida eʼtibor qaratadi. Shirinliklar roʻyxatida «qush suti», asal tort va tiramisu mavjud. Koʻpikli kokteyllar toʻplamiga eʼtibor bering: ularda italyancha taʼtilning oʻziga xos kayfiyati mujassam.
Restoranlar 1450 m² maydonni egallaydi: bu yerda turli xil konsepsiyalarga ega ikkita zal, umumiy ayvon va ziyofat maydoni joylashgan. Yosh mehmonlar uchun Shvili va Marioda pitsa, xachapuri va mini-xinkali bilan bolalar menyusi mavjud, dam olish kunlari esa ikki muassasa uchun umumiy animatorlar bilan oʻyin xonasi ishlaydi. Yangi restoranlarda oʻrtacha chek — 300 000-350 000 soʻm.
Foto: restoranlarning saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps