Bosh rollarda — umumiy maydoni 1000 m² bo‘lgan angar bo‘lib, bu yerda kitob javonlari, idish-tovoqlar terilgan bufetlar, kiyim-kechaklar ilingan ilgaklar va ko‘zgulardan iborat haqiqiy labirint tashkil etilgan hamda bularning barchasi ulkan billur qandil bilan yoritiladi. Zargarlik vitrinasidan haqiqiy xazinani topish, buvingizning idishlar to‘plamiga yetishmayotgan laganni yoki noyob vinil plastinkani qo‘lga kiritish, uy interyerini o‘ziga xos osma soatlar bilan boyitish — bu yerda hamma narsani topish mumkindek go‘yo.
Hangar taomnomasida, xuddi interyeriga moslaganday, boshdan oyoq eklektika jamlangan. Nonushtalar taqdim etilgan bo‘limda — go‘shtli blinchiklar (85 000 so‘m), lososli draniklar (120 000 so‘m) va sirniklar (81 000 so‘m) smuzi-boul (110 000 so‘m) hamda qo‘ziqorinli fransuzcha omlet (62 000 so‘m) bilan yonma-yon joy olgan. Vintaj buyumlarni izlash jarayonida qattiq och qolganlar uchun esa pojarskiy kotletlari (79 000 so‘m), borsh (89 000 so‘m), qurutob (150 000 so‘m), chizburger (142 000 so‘m) va pitsa (95 000 so‘mdan boshlab) — xullas, har qanday yosh va didga mos taomlar topiladi. Tanovulni yakunlash uchun esa — medovik (75 000 so‘m), tiramisu (79 000 so‘m) va napoleon (75 000 so‘m) kabi odatiy desertlar.
Taomlarga qo‘shimcha sifatida anchayin boy bar kartasi yig‘ilgan bo‘lib, unda qahvaga alohida e’tibor qaratilgan: an’anaviy (35 000 so‘m dan) qahvadan tashqari, V60 voronkasi (60 000 so‘m), batch va kold-bryu (har biri 35 000 so‘m dan) ham damlanadi. Choy kolleksiyasi ham puxta o‘ylangan: Xitoyning «Te Guan In» choyi (75 000 so‘m), bir nechta ulun, ochiladigan choy (har biri 65 000 so‘mdan) yoki vitaminli choy (75 000 so‘m) — choyni xush ko‘ruvchi mehmonlar to‘plamning hajmi va tarkibiga munosib baho berishlari aniq. Matcha ham topiladi, buning ustiga istalgan rangdagisi: yashil, havorang, pushti — barchasi 75 000 so‘mdan. Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari uchun — sabzi (40 000 so‘m) va apelsindan (85 000 so‘m) tayyorlangan freshlar, shuningdek, smuzilar: lavlagi-apelsin (65 000), kivi-olma-banan (70 000 so‘m) yoki rezavor mevali variant (75 000 so‘m).
P. S. 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab muassasaga kirish pulli bo‘ldi — 50 000 so‘m. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.
Foto: restoran saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex xaritalar