Shuningdek, «firma» belgisi bo‘lgan taomlar ham e’tiboringizni tortadi: marmar mol go‘shtidan fua-gra bilan sushi, qizil ikra bilan tartar, mol go‘shtidan tayyorlangan pastrami bilan borsh, qisqichbaqa bilan pishirilgan baqlajon, yogurt va qora murch sousi. «Gorinich”da uchta taom uchun o‘rtacha hisob — 700 000 so‘m.
Bu yerdagi bar ham yana bir unsur hisoblanadi. Kokteyllar alkogolsiz yengil platsebolardan tortib kuchli aralashmalargacha taqdim etiladi. Aperitivlar yangilik va yaxlatlangan ta’mlarni taqdim etadi — masalan, prosekko, nok va yong‘oq bilan «Lepota» kabi. Sauerlarda nordon-achchiq xususiyat va salqin ohanglar mavjud, misol uchun, rezavor va sitrusli jin ustidagi «Jodugar» kabi. Kuchli ichimliklar — aroq, nok va vanil qo‘shilgan «Marevo”ga o‘xshash bo‘lib, mayinlik va chuqurlikni taqdim etadi.
«Gorinich» Shota Rustaveli ko‘chasi, 22A-uyda alangasini yoqdi va Toshkent o‘zining Moskva oloviga ega bo‘ldi. Loyiha Rossiya poytaxtidan kelib chiqqan, ammo u Sochidan Novosibirskkacha bo‘lgan shaharlarda allaqachon qanotini yozgan; xorijiy debyut uchun O‘zbekiston tanlangan. Toshkent filialining yaratuvchilari kuchli uchlik: White Rabbit Family, Family Garden va AB Group (so‘nggi ikkitasi Novikov Group’ning doimiy hamkorlari). «Gorinich”ning brend-shefi esa yagona — o‘zgarmas Vladimir Muxin bo‘lib, u moskvacha qulay taomnoma yaratgan: unda kundalik hayot uchun tushunarli va maxsus holatlar uchun ajoyib taomlar mavjud.
Rasm: restoranlar veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlar; Yandex Maps
Barcha shahar va mamlakatlarda Boris Zarkov asos solgan «Gorinich» konsepsiyasi ochiq olov atrofida qurilgan. Xosper va smoker tutun hidi keladigan barcha taomlar uchun javobgardir: steyklar, brisketlar, qovurg‘alar, dengiz mahsulotlari. Pech ham asosiy o‘rin tutadi. Unda xamirturushli nonlar pishiriladi: oq bug‘doy, borodino javdari, quruq mevali. Uni shu yerning o‘zida, ko‘pirtirilgan sariyog‘ bilan yoki mualliflik buterbrodlari tarkibida — baqlajon va strachatella yoxud qisqichbaqa, avokado va chili bilan tanovul qilish tavsiya etiladi. Qo‘shni pechda neapolitan pitsasi mukammal leopard dog‘larigacha pishiriladi; muhim qo‘shimchalar orasida pastra, gorgonzola, nok va qisqichbaqalar bilan burrata mavjud.