Breadly
8:00 dan 22:00 gacha
«Breadly» — oʻz novvoyxonasiga ega, har qanday parhyezdan voz kechishga arzigulik kruassanlari, vatrushkalari, tartin va boshqa pretsellari bilan mashhur kafe. Urban-romantiklar va terrasada nonushta qilishning qadriga yetuvchilar uchun «Felicita» filialini tanlashni tavsiya etamiz: qayerdadir, Yevropadagi shinam kafe muhiti ilova qilinadi.
«Breadly”da nonushta kun boʻyi beriladi va har qanday taʼbga mos tayyorlanadi: bu yerda soʻzsiz boʻtqalar, turfa koʻrinishdagi tuxum, blin, koʻkat va urugʻlar qoʻshilgan quymoq, brekfast-burger va ertalabki komboning bir necha turlari. Porsiyalar hajmini taʼkidlash oʻrinli; masalan, „Faberje“ va „Kaliforniya“ nonushtalarida siz uchun goʻshtlikkina avokadoning yarmini kesib beradilar. „Kapri”dagi dengiz mahsulotlari miqdori esa, alohida gazakka arziydi.
«ChayKof»
Dushanba–Shanba: 8:00 dan 22:00 gacha
Yakshanba: 10:00 dan 22:00 gacha
«ChayKof» tarmogʻi — Toshkentdagi qahvaxoʻrlik madaniyatining kashshofi — 2014-yildan beri mavjud. Yaʼni, bu yerda nonushtalar «yillar bilan sinalgan» toifasiga kiradi. Glazunya, yashil noʻxat, qovoqcha ikrasi va sosiskali (xalq oshxonalariga eslatma) mashhur «SSSR nonushtasi», mevali siropli grechka unidan oladyi, yoki, masalan, plombirli suli yormasini istalgan paytda, hatto sizning tongingiz aslida oqshom boʻlsa ham, tanovul qilsa boʻladi.
Kun boshida Said Barakadagi «ChayKof» ayniqsa gavjum boʻladi: yaqin-atrofdagi biznes-markazlarda ishlovchilarning hammsi oʻz kofein dozalarini olgani, bashang talabalar esa — «sitrus-shovul» detoksi uchun kiradilar. Yilning sovuq paytida Shota Rustavelidagi osuda «oranjereya”dan shovqinli shaharni tomosha qilish yoqimli, faqat boʻsh stol topilsa boʻlgani.
Benedict
8:00 dan 16:00 gacha
«Benedict Oybek» filialidagi anshlagning oʻzi hammasini koʻrsatib turaadi. Bu yerda nonushtaga klassik benediktlar, omletlar, tostlar va sakkizoyoqli va dimlangan qalampirli guruchli boʻtqa yoki chia urugʻi va mevali koʻpirtirilgan tvorog kabi nodir taomlarni tayyorlaydilar. Alohida eʼtibor toʻgʻri ovqatlanishga qaratiladi, shu sababli muvozanatlangan «yashillik”li va glyutensiz yechimlar bu yerda keng assortimentda topiladi.
«Benedict”da baʼzida klassik tonggi qahvani nodir ichimliklarga almashtirish mumkin: yeryongʻoqli yoki chernikali kapuchino (siroplar emas, balki yeryongʻoq pastasi va chernika kordiali bilan), lavanda yoki xandon pistali raf, apelsin sharbatili bambl yoki greypfrutli ays-frutochino.
«Rassvet»
Ish kunlari 8:30 dan 16:00 gacha, dam olish kunlari 9:00 dan 16:00 gacha
MUM yaqinida joylashgan ixcham va shinam qahvaxona «bolalikdagi”dek bulkalar va mehmonlarni terrasada kutib oladigan zagʻizgʻon bilan shuhrat qozondi. Bu joyning yana bir tashrif qogʻozi — speshelti-qahva va mualliflik qahva ichimliklari.
Taniqli bulochka va qahva — bu asosiy jihat, lekin «Rassvet» Toshkentda ancha unutilib qolgan beyglarni yana modaga qaytardi, xos pankeyklarini tanitdi. Yil fasllariga qarab, menyuda anjirli, qoqvoqli, mandarinli va boshqa mavsumiy mevalar solingan speshl-pozitsiyalar paydo boʻladi.
Zira
9:00 dan 22:00 gacha
Tashkent City xiyobonidagi «Zira» kafesi trenddagi «ARC Architects» dizayn byurosi («Kanishka» doʻkonlar tarmogʻi, «Kosh Havuz» butik-mehmonxonasi va Dildora Qosimova shourumi interyerlarining mualliflari) ning loyihasiga koʻra bezalgan boʻlib, barcha eʼtiborini jalb qiladi: yorqin, shinam, monoxrom interyer chiroyli layfstayl-suratlar uchun ideal fon sanaladi. Nonushtalar ham shunday suratbop koʻrinishga ega.
Menyu ixcham — oʻntacha pozitsiyaga ega, lekin dolzarb: ideal benedikt, shaftolili ajoyib shirguruch, toʻyimli inglizcha nonushta, parmezanli ilgʻor shaqshuqa-yu kokos sutidan tayyorlangan, bodom bargi, mevalar va granolali chia-bouldan albatta tatib koʻrish kerak — bu xit taom.
Bar xaritasi muntazam ravishda qahva ichimliklari, choylar va turli darajadagi kokteyllar bilan bilan toʻldirib boriladi, ertalablari «Mimoza» alohida qarsaklarga ega boʻladi.
La Cantine
9:00 dan 16:00 gacha
«La Cantine» tarmogʻi — fransuz pishiriqlari va kontinental nonushtalar boʻyicha mutaxassislar. Omletlar va benedikt tuxumlari, boʻtqalar va blinlar, quymoqlar va mini-pankeyklar namunaviy koʻrinishga ega, yakshanba kunlari esa, 10:00 dan 15:00 gacha shved stoli formatida katta branch uyushtiriladi.
Tatib koʻrish kerakligi aniq, filialni tanlash qoladi, xolos. «La Cantine Osiyo» — tinch va anchayin biznesona muhit, bu yerda nonushta ustida bemalol amalish masalalarni hal qilish va ish kuniga rostlanib olish mumkin. «La Cantine Park» — oilaviyroq joy, unda oʻyin maydonchasi bor, «Ekopark» va shahar markazi manzarasi namoyon. Lokatsiya parkda mashq qilayotganlar uchun juda qulay: menyuda detokslar va smuzilarga katta eʼtibor berilgan.
La Сantine park
«Sirovarnya»
9:00 dan 12:00 gacha
Agar siz uchun alohida kun boʻlsa va siz erta tongdan restoran servisini kutayotgan boʻlsangiz, «Sirovarnya”da nonushta qilish — toʻgʻri tanlov. Ertalabki menyu sertanlov va beshta qismga boʻlingan: boʻtqalar, tvorog va tuxumli taomlar, blin/briosh, kruassan/vafli, issiq taom — taʼbingizga yoqadiganini albatta topasiz. Restoran nomi va peshoynadagi yangi pishloqlar nonushtaga nima yeyishingiz yoki buyurtmangizni nima bilan boyitishingizni oldindan belgilab beradi.
«Sirovarnya”ni tanlashda eng muhimi: bu yer doim gavjum, albata boʻsh stollar borligiga amin boʻling va zaxiralab qoʻying.
June
10:00 dan 23:00 gacha
Chiroyli, yorqin, doimo yozgi «June» bistrosida all day nonushtalarni afzal biladilar. Menyuda — lososli, halol mortadellali yoki noziktaʼm «doktor”li setlar, ikki turdagi shaqshuqa, quymoq, kruassan-tost va avokado-tost. Yaqin Sharq nonushtasi alohida eʼtiborga loyiq, unga nonxurushlarning butun boshli assortisi, qovurilgan non, tuxum, salat va tanlovingizga koʻra bir juft ichimlik kiradi — bu bilan nonushta kattagina ekaniga ishora qilinadi: uni bemalol doʻstingiz bilan boʻlashish mumkin. Holbuki, menyuda yana afsonaviy „Ikki kishilik katta nonushta“ ham bor lekin u ikki nafar ochiqqan ovqatparastlar uchun moʻljallangan: butun boshli stol va yana savatchada ertalabki taomlar tortiladi va hatto, ikki bokal shampan ham qoʻshib beriladi.
Yulduzchalik eslatma: alkogol faqat «Oloyda» filialida bor, u yerda yana tushgacha nonushta buyurtirilsa, cheklovsiz qahva taklif etiladi.