Nonushtalar 8:00 dan 22:00 gacha tortiladi
Bon! fransuz novvoyxonasi to‘yimli Yevropa nonushtalari, yangi pishiriqlar va qahvani o‘zida mujassam etgani bois har qanday rejaga mos tushadi. Menyuda kontinental (98 000 so‘m) va Parij (90 000) setlari, kruassandagi lososli skrembl (96 000), omletlar (46 000 dan), sendvichlar (61 000 dan), turli masalliqli fransuz galetalari (60 000 dan) hamda kreplar (48 000 dan) o‘rin olgan. Shirinlik izlab esa uzoqqa borish shart emas: vitrinadan kruassanlar va pishiriqlarning katta assortimenti joy olgan.
Nonushtalar 8:00 dan 12:00 gacha tortiladi
Buxoroning tarixiy ko‘chalari bag‘rida, Lyabi House mehmonxonasi qoshidagi Ayvan restoranida nonushta qilish mumkin. U XIX asr oxiriga oid, o‘ymakor yog‘och bezaklari va naqshinkor shiftlarga ega qayta ta’mirlangan savdogar hovlisida joylashgan. Restoran nomi an’anaviy ayvonlarga — yoz jaziramasida salqinlash yoqimli bo‘lgan ochiq ayvon-terrasalarga ishoradir. Nonushta taomnomasida Yevropa ta’mlari mahalliy o‘ziga xoslik bilan uyg‘unlashgan: krevetkali omlet (120 000) yoki olchali sous bilan tortiladigan sirnik (65 000) buyurtma qilish, yoxud kunni qaymoq, rezavorlar, holva va novvotdan iborat Buxoro amirining mavsumiy nonushtasi (125 000) bilan boshlash mumkin.
Bon Bon’da ertalabki taomnoma to‘yimli nonushta qilishni xush ko‘ruvchilar uchun ham, uyg‘onib olishga bir finjon qahva va kayfiyatni ko‘taruvchi biron pishiriqning o‘zi yetarli bo‘lganlar uchun ham birdek mos keladi. Nonushtalar taomnomasidan kurkali kruassan (44 900 so‘m), menemen (39 900), tvorogli quymoq (34 900) va boshqa taomlar o‘rin olgan.
Eski Şehir Coffee House qahvaxonasida nonushta erta tongdan boshlab tortiladi; bu yerda klassik qahva an’analari turkcha lazzatlar bilan uyg‘unlashgan. Kunni to‘yimli boshlash uchun 210 000 so‘mga tuxum, sabzavot va kolbasalardan iborat set, oddiyroq taom istovchilar uchun esa 60 000 so‘mga klassik pide taklif etiladi. Shirinlikka mevali Belgiya vaflisi (65 000), pishiriqlar yoki sharq shirinliklariga buyurtma berish mumkin.
Fotosuratlar: restoranlar saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps
Nonushtalar 7:00 dan 11:00 gacha tortiladi
Nonushtalar 8:00 dan 12:00 gacha tortiladi
Le Bonnet Terrace’da tong saylanmamizdagi boshqa makonlarga qaraganda kechroq boshlanadi, ammo taomnomada fotosuratbop nonushta uchun birdaniga bir nechta variant bor. Kontinental set 90 000 so‘m turadi, avokado va lososli benedikt tuxumi — 65 000 so‘m, qaymoqli pishloq qo‘shilgan menemen esa — 50 000 so‘m. Sirniklar (40 000) kokosli sous bilan tortiladi — shirinlik xohlab qolsangiz, yodingizda bo‘lsin.
Nonushtalar 10:00 dan boshlab tortiladi