Toshkentning eng yaxshi restoranlari qanday tanlangani, bu yilgi yetakchilar safidan kimlar joy olgani haqida ushbu maqolada batafsil so‘z yuritdik.
Nonushtalar: 11:00 dan 23:00 gacha
Tongni yangi dengiz ne’matlari bilan boshlash uchun kruizga yoki ta’tilga chiqish shart emas — Kaspiykaga eng sara mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri olis sohillardan keltiriladi. Nonushtaga lososli kruassan-sendvich yoki krevetkali shakshuka tortiladi, ammo maskanning asosiy o‘ziga xosligi — bu ertalabki konstruktor menyu. Unda belgilangan narx evaziga dengiz mahsulotlari, tuxum, sabzavotlar, non va toppinglardan iborat sevimli yoki eng noodatiy kombinatsiyani yig‘ish mumkin. Grilda pishirilgan krevetka va krem-chizli omlet, krab va taramali ko‘zcha tuxum, forel va xumusli pashot — har qanday uyg‘unlikni tanlash imkoni bor. Taomlarga qo‘shimcha tarzda kofe va choy uzatiladi, dam olish kunlari esa bu yerda gedonizm muhiti hukm suradi va mehmonlarga iltifot sifatida ko‘pikli vino taqdim etiladi.
Ultima Guide’da «Foydalanuvchilar tanlovi» mukofotiga sazovor bo‘lgan ushbu restoranda to‘yib uxlashni xush ko‘ruvchilarni yaxshi tushunishadi va nonushtalarni hatto tushdan keyin ham tortiq qilishadi. Ertalabki menyuning eng katta qismi nonga bag‘ishlangan: tost va brusketlar baliq, avokado, pishloqlar yoki bifshteks bilan birga tortiladi. Klassik taomlarni ham unutib qo‘yishmagan, biroq ular biroz noodatiy tarzda tayyorlanadi: tryufelli omlet, maskarpone kremli sirniklar va quyultirilgan sut qo‘shilgan tariq bo‘tqasini tatib ko‘rish tavsiya etiladi. Tanlov qilishga ikkilanayotganlar uchun esa maxsus setlar mavjud: yashil salat va krevetkali sog‘lom (ZOJ) set, tanish masalliqlardan iborat inglizcha set hamda marinadlangan baliq va skrembldan iborat bosh oshpaz varianti. Ichimliklar ham har qanday did va kayfiyatga moslab tayyorlanadi: shovul yoki seldereyli detoks, sabzi yoki apelsin freshi, klassik qahva yoki mualliflik choyi — bar kartasida variantlar juda ko‘p.
Novikov Group, Family Garden va AB Group’ning gruzin taomlari restorani ikkinchi bor (2025-yil yakunlarini bu yerda eslatib o‘tamiz) Ultima Guide ro‘yxatidan joy oldi. Bu mutlaqo haqli erishilgan e’tirof: bu yerdagi mehmondo‘stlik doim Kavkaz tog‘laridek yuksak cho‘qqilar darajasida. Nonushtalar Tbilisi tusida tortiladi: shoti noni va mol go‘shtli kolbasachalar bilan adjar uslubidagi nonushta, sulugunili omlet hamda gruzincha pomidorli tuxum tayyorlanadi. Qolaversa, quymoq (blinchik), dranik va yogurt kabi chet el klassikasi ham chetda qolmagan. Erta uyg‘onish bilan batamom murosaga kelishga esa sho‘r karamelli muss qo‘shilgan sirniklar, rezavorli bo‘tqalar, olchali xinkali va, albatta, bepul qahva yordam beradi. Shuningdek, giyohli va an’anaviy choylar, olcha hamda behi kompotlari, yangi siqilgan sharbatlar va xonaki limonadlar taklif etiladi.
Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazining uchinchi qavatidagi restoran butun oilani mazali nonushta bilan mehmon qilishga tayyor. Onalarga krevetkali oqsilli omlet va avokadoli briosh ustidagi benedikt ma’qul kelsa, otalar uchun kolbasali qovurilgan tuxum hamda mol go‘shti mortadellasi qo‘shilgan draniki kabi to‘yimli taomlar tayyorlanadi. Katta avlod vakillarini ham unutib qo‘yishmagan: rezavorli suli bo‘tqasi va quymoqlar bu yerda xuddi buvijonlarnikidek mazali chiqadi, bobolar uchun esa mol go‘shti pastramisi, lecho va qatlama bilan beriladigan an’anaviy nonushta ayni muddao bo‘ladi. Bolalar menyusiga ham nonushta taomlari bo‘limi kiritilgan: kichkintoylar kun davomida yengil tamaddi uchun tvorogli ponchiklar yoki kartoshka pyuresi bilan tovuqli sosiskani tanlashlari, so‘ngra animatorlar nazorati ostida restoran hududidagi ikkita bolalar maydonchasidan birini zabt etishga otlanishlari mumkin. Ichimliklar esa vaqt sinovidan o‘tgan klassikani tashkil qiladi: qahva va choyning salmoqli tanlovi, yangi siqilgan sharbatlar, detoks va oqsilli smuzilar taklif qilinadi.
Nonushtalar: 9:00 dan 13:00 gacha
Nonushtalar: 9:00 dan yopilgunga qadar tortiladi
29-uydagi restoran o‘tmishdan salom yo‘llaydi: antiqa bufetlar va to‘rli dasturxonlar, gulli abajurlar hamda servantdagi idish-tovoqlar — xuddi buvijoningiznikiga mehmonga borgandek muhit yaratadi. Taomnoma ham interyerga mos: nonushtaga kun bo‘yi tvorogli, qo‘ziqorinli yoki (to‘satdan dabdaba qilgingiz kelib qolsa) qora ikrali quymoqlar, pishloq va kolbasali buterbrodlar, oladyi hamda olchali vareniklar tortiladi — har bir luqma ertalab bog‘chaga otlangan damlar sog‘inchini uyg‘otadi. Foydali, ammo bolalikda yoqtirilmagan bo‘tqalarga rezavorlar, sukatlar va o‘rmon qo‘ziqorinlari qo‘shiladi, qovurilgan tuxumga (boltunyaga) esa qisqichbaqa go‘shti solinadi — bularning bari «oyijon uchun yana bir qoshiq yeb qo‘yishga» hech kimni qistamaslik uchun qilingandek. Ichimliklardan esa uy kompotlari, yangi siqilgan sharbatlar, klassik qahva turlari hamda ivan-choy, assam, sencha, oltoy giyohlari va boshqa navlardan iborat boy choy kolleksiyasi taqdim etiladi.
Nonushtalar: ish kunlari 11:00 dan 13:00 gacha va dam olish kunlari 11:00 dan 15:00 gacha — Shevchenko ko‘chasida
Ish kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha va dam olish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha — Citi’da
Tashkent City Park yaqinidagi zamonaviy, bashang kafeda kunning istalgan vaqtida sizga xayrli tong tilashadi: bu yerda nonushtalar deyarli tungacha tortiladi. Kolbasa va dranikli inglizcha set, shakshuka, lososli benedikt, sirnik, quymoq va skremblli vaflilar — ertalabki klassik taomlarning barchasi muhayyo. To‘g‘ri ovqatlanish ixlosmandlari uchun esa guakamoleli omlet, yashil grechka bo‘tqasi, tvorogli zapekanka hamda yangi uzilgan rezavorlar, mevalar va mikro-kruassanlar qo‘shilgan ajoyib chia-boul tayyorlanadi. Bordiyu to‘yimliroq nimadir yeyishni istasangiz, asosiy menyuda smesh-burger, tovuqli katsu, pasta va boullar topiladi. Taomlarga qo‘shimcha tarzda qahva, mualliflik choyi, sabzili detoks va olchali kakao taklif etiladi. Chiqishda esa shirinliklar vitrinasi oldida to‘xtab, o‘zingiz bilan napoleon, tiramisu yoki bankachadagi medovikni olib ketish ayni muddao — bu kabi strategik glyukoza zaxirasi kun davomida albatta asqotadi.
Nonushtalar: 9:00 dan 16:00 gacha
Nonushtalar: ish kunlari 10:00 dan 13:00 gacha va dam olish kunlari 10:00 dan 14:00 gacha
Nonushtalar: dushanbadan jumagacha 9:00 dan 12:00 gacha va shanba va yakshanba kunlari 14:00 gacha
Nonushtalar: 9:00 dan 12:00 gacha
Novikov Group va Family Garden’ning o‘zida Italiya kurorti muhitini mujassamlashtirgan restorani butun kun davomida quyoshli kayfiyat bag‘ishlaydi. Yorqin devorlar va dasturxonlar, yodda qoladigan suratlar-u mebellar, ulkan derazalar hamda interyerdagi son-sanoqsiz limonlar — aftidan dizaynerlar ularni bu yerga bahslashib yashirib chiqqandek. Ertalabki taomnoma juda aniq tuzilgan: bo‘tqalar bo‘limida — mangoli tariq va dorblu pishloqli suli bo‘tqasi, tuxumli taomlar orasida — strachatellali omlet, shakshuka va salsichchali tuxum-pashot, boullar esa krevetka yoki forel bilan taqdim etiladi. To‘yimliroq taom istovchilar uchun bulgurli mol yonoqlari, sukkini va vetchinali quymoqlar, shuningdek, forelli xashbraun tayyorlanadi. Shirinlikka — dangasa vareniklar, kruassan va qaynatma kremli sirniklar bor. Har qanday nonushtaga iltifot sifatida qahva beriladi, ammo yangi siqilgan sharbatlar, bargli choy va limonadlar ham barcha ertalabki taomlar bilan ajoyib uyg‘unlashadi.
AB Group go‘sht restoranidagi nonushtalar xilma-xilligi bo‘yicha asosiy menyudan aslo qolishmaydi. Alpcha nonushta kolbaskalar, batat frisi va dzadziki sousi bilan tortiladi; ikki kishi uchun kruassan, tuxum, mortadella va qizil ikrali fransuzcha variant tayyorlanadi; yunonchasiga esa tuxum, grilda pishirilgan tovuq kotleti va pita qo‘shiladi. Vegetarianlar uchun ham maxsus ertalabki to‘plamlar mavjud: masalan, qovurilgan tuxum va turli sabzavotli surtmalar bilan Livan to‘plami yoki menemen, taxini va pishloqli turkcha to‘plam. Shuningdek, karamel yoki smetanali sirniklar, go‘shtli quymoqlar, rezavorlar va yong‘oqli bo‘tqalar ham bor. O‘zgacha taomlardan biri — qizil ikra va forel balig‘i bilan kruassanda tortiladigan benedikt tuxumi. Agar bularning hech biri ko‘nglingizga o‘tirmasa, maxsus konstruktor menyu yordamida tuxum va o‘zingiz yoqtirgan qo‘shimchalardan iborat ideal nonushtangizni bemalol yig‘ishingiz mumkin. Bar kartasida esa o‘simlik sutida ham tayyorlab beriladigan klassik qahvalar, Xitoy bargli choyi va yangi siqilgan sharbatlar taqdim etilgan.
Ultima Guide 2026 talqiniga ko‘ra yana bir «Foydalanuvchilar tanlovi» g‘olibi ertalablari shunchalik ko‘p taom tayyorlaydiki, ko‘zingiz qamashib ketadi. Bu yerda rikottali sirniklar, motsarellali omlet va strachatellali brioshlar bor — xususiy ishlab chiqarilgan pishloqlar ertalabki menyuning qariyb yarmini tashkil etadi. Qolgan yarmi esa — mevali an’anaviy bo‘tqalar, quymoqlar, pankeyklar, Belgiya vaflilari va turli xil to‘ldirmali kruassanlar. O‘tin pechida brokkoli va mortadella bilan pishirilgan omlet esa mutlaq xitga aylangan. Eng to‘yimli taomlar esa kecha kechki ovqatni o‘tkazib yuborganlar uchun atalgan: qizil ikrali draniki, avokadoli tovuq shnitseli va kolbasali qishloqcha set hatto eng kuchli ochlikni ham yengadi. Sirovarnya’da hatto ertalablari ham gavjum bo‘lgani sababli joyni oldindan band qilib qo‘ygan ma’qul.
Nonushtalar: 8:00 dan 13:00 gacha
Sayyora Madmussayeva
Fotosuratlar: restoranlar saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps