Toshkentdagi koreys oshxonasining afsonasi — bu yerga mahalliy aholining bir necha avlodi katta oilaviy ziyofatlar va banketlar uchun yigʻiladi. Birinchi restoran 1999-yilda ochilgan boʻlsa, bugungi kunda tarmoq toʻrtta filialgacha kengaygan. Bu yerga anʼanaviy koryo-saram taomlari uchun kelishadi. Taomnomada mashhur yumshoq pegodyalar (goʻsht va karamli bugʻlama xamirli mantilar), kimpabning turli xillari va, albatta, afsonaviy puktyay — bijgʻitilgan soya loviyasidan tayyorlangan ziravorli pasta asosidagi quyuq va toʻyimli shoʻrva. Yozda bu joyning asosiy xiti — kuksi va uni deyarli aʼlo darajasida tayyorlashadi: yuqori darajadagi kuksi-muri (nordon-shirin shoʻrva) hamda moʻl-koʻl chumi (mayin toʻgʻralgan sabzavot va goʻshtdan tayyorlangan salatlar) bilan birga tortiladi.
Eski anʼanalarga sodiq yana bir mashhur maskan. Toshkentdagi Xvan Man Gim mahallasida joylashgan filial esa alohida muhitga ega. Bu haqiqiy restoran-transformer: bir tom ostida banket zali, karaoke, alohida xonachalar, bilyard va hatto basseyn ham sigʻgan. Taomnoma koryo-saramning uy taomlariga asoslangan. Albatta tatib koʻrish kerak boʻlganlar roʻyxatiga xe — sirka, piyoz, sarimsoq va koʻkatlar bilan marinadlangan goʻsht yoki baliqdan tayyorlanadigan achchiq gazakni kiritish lozim. Yana bir mahalliy xit — syami: qaynatilgan karam barglari, qovurilgan goʻsht, achchiq qayla va guruchdan iborat toʻyimli toʻplam boʻlib, ulardan oʻzingiz mazali oʻramalar yasashingiz kerak. Hamda, albatta, panchani — achitilgan baliq va turpdan tayyorlanadigan jizillatadigan anʼanaviy gazakni tatib koʻrish shart.
Gastronomiya olamidagi noodatiy va dabdabasiz madaniyatni qadrlaydiganlar uchun chinakam topilma. Bu oʻziga xos maskanga samimiy va toʻyimli Janubiy Koreya taomlari uchun ataylab kelishadi. Taomnomada shoʻrvalarning katta tanlovi mavjud: mol qovurgʻasidan tayyorlangan quyuq kalbitan, mol goʻshtining lahm qismi va qirqquloq qoʻshilgan xushboʻy yukkedyan, achitilgan karamdan pishiriladigan jizillatadigan kimchi tige yoki pishloqli anʼanaviy ramyon. Asosiy taomlar orasida kodino gui alohida eʼtiborga loyiq — bu qarsildoq qovurilgan skumbriya taomidir. Baliq bilan birga odatda moʻl-koʻl panchxan (anʼanaviy koreys gazaklari) toʻplami, soya qaylasi va bir kosa issiq guruch tortiladi.
Nafis muhit va anʼanaviy taomlarning boy tanloviga ega restoran. Maskanning asosiy faxri — Janubiy Koreyadan taklif etilgan bosh oshpaz Chxve Chxol Yon (Mark Soy). U mehmonlar oldiga mamnuniyat bilan chiqib, K‑Food madaniyati haqida ishtiyoq bilan soʻzlaydi va shaxsan oʻzi stolingiz yonida xot-potda set tayyorlab berishi mumkin. Taomnomada dastlabki taomlarning ajoyib toʻplami mavjud: quyuq shoʻtvalardan (tan) tortib yengil shoʻrvalargacha (kuk). Ayniqsa, korritan (dumgʻaza shoʻrva) va miyokkuk (dengiz oʻtlaridan tayyorlangan anʼanaviy shoʻrva) diqqatga sazovordir. Issiq taomga, albatta, yannyom pulgogi — oʻtkir-shirin qayladagi yupqa kesilgan sersuv mol goʻshti boʻlaklari yoki dimlangan sayra konchxi chorimga buyurtma berish kerak. Hamda, albatta, bu yerda barcha qoidalarga koʻra — qizdirilgan tosh idish tukpegida tortiladigan mashhur pibimbapni tatib koʻrishga arziydi.
Haqiqiy Seulcha K-BBQ. Bu joyning nomi — ajoyib ishora: «9292» koreyschada «ku-i-ku-i» deb talaffuz qilinadi, bu esa «grilda qovurish» degan maʼnoni anglatuvchi «kui» (구이) soʻzi bilan hamohang. Bu yerga avvalo premium sifatli goʻsht uchun kelishadi: marmar mol goʻshti, mazali lahm goʻshti va choʻchqa toʻshining yupqa parraklari. Uni tayyor holda ham tortishlari mumkin, lekin interaktiv tarzda hammasini oʻzingiz qovurganingiz yaxshiroq — buning uchun stollar oʻrnatilgan grillar va kuchli moʻrilar bilan jihozlangan. Buyurtmaga bepul tarzda cheksiz panchan seti (daykon, kimchi, marinadlangan piyozdan tayyorlangan gazaklar), shuningdek, sarimsoq, yeryongʻoq, kunjut yogʻi va achchiq sanjan pastasi qoʻshib beriladi. Mukammal koreyscha oʻrama tayyorlash uchun bir porsiya guruch va barra salat barglarini olishni unutmang: goʻshtni qoʻshimchalar bilan birga yashil bargga oʻrab, bir tishlamda yeyish kerak.
K-BBQ formatining zamonaviy minimalist interyerdagi yana bir premium vakili. Bu yerdagi stollar ham oʻrnatma grillar bilan jihozlangan, gril uchun moʻljallangan taomlar tanlovidan esa koʻzingiz qamashadi. Anʼanaviy marmar vagyu mol goʻshti va mol toʻshining yupqa parraklaridan (chxadolbagi) tashqari, bu yerda premium dengiz mahsulotlari va alternativ goʻshtlarga buyurtma berish mumkin: losos steyklari, kamchatka qisqichbaqasi, yoʻlbars qisqichbaqalari, oʻrdak yoki qoʻzining mayin qovurgʻasi. Birinchi taomlardan, ayniqsa, paltus, turli dengiz mahsulotlari va daykondan tayyorlanadigan quyuq va oʻtkir koreys shoʻrvasi — xemultxan ajralib turadi.
Koryo-saram uy taomlari va Janubiy Koreyaning zamonaviy anʼanalari uygʻunlashgan restoran. Bu yerga koʻpchitilgan kerantim (sabzavotli bugʻda pishirilgan havodor omlet) va pajonlar — jusay, kimchi yoki dengiz mahsulotlari qoʻshib tayyorlanadigan guruch unidan yasalgan yupqa quymoqlar uchun kelishga arziydi. Taomnomada mahalliy koreyslarning kult anʼanasi — har bir Toshkentlikka tanish boʻlgan salatlar alohida oʻrin tutadi: baqlajonli kadi-cha, qirqquloqdan tayyorlangan kosari-cha, ingichka toʻgʻralgan kartoshkadan pishirilgan qarsildoq kamdi-cha, soya nihollaridan tayyorlangan chirgumi-cha va, albatta, bolalikdan tanish oʻsha mashhur morkov-cha (sabzidan tayyorlangan koreyscha salat). Muassasa nomi anʼanaviy koreys guruch sharobiga ishora qiladi. Bu yerdagi taomnomada ushbu filtrlanmagan, sut rangli, kam alkogolli ichimlik bor, shuning uchun «Makkoli”dan makkolini tatib koʻrmay ketish kechirilmas xatodir.
Oʻzbekistonda k-pop madaniyatining eng faol targʻibotchilaridan biri. Taomnomadan Janubiy Koreya koʻcha taomlarining eng yaxshi anʼanalaridagi oddiy, tushunarli, ammo taʼmi yorqin boʻlgan taomlar oʻrin olgan. Bu yerda juda mashxur boʻlga koʻcha anʼanalariga buyurtma berishingiz mumkin: qarsildoq korn-doglar, toʻyimli ramyon va mazali koreyscha chiken. Lekin muassasaning asosiy xiti, shubhasiz — tokpokki (guruch xamiridan tayyorlangan tayoqchalar). «Mogbang”da uni ham anʼanaviy achchiq-shirin sousda, ham mashhur kombolarda tayyorlashadi: sosiskalar bilan (sottok-sottok), qovurilgan tovuq goʻshti bilan (chiken-tok) yoki ugra bilan (rabokki). Bar kartasi alohida eʼtiborga loyiq. Achchiq koʻcha taomlariga yasmin va uzumli yoki aloe qoʻshilgan tetiklantiruvchi limonadlar yoxud jua mashxur boʻlgan babl-ti buyurtma qiling: masalan, Oreo taʼmli yoki „Kalmar oʻyini”dagi oʻsha qovurilgan karamelli dalgona.
Bu restoran Janubiy Koreyalik ekspatlar orasida juda mashhur boʻlib, ular uni Seul mehmondoʻstligi anʼanalariga qatʼiy rioya qilgani uchun qadrlashadi. Bu yerda ajoyib tubu kimchi — mazali mol goʻshti, xushtaʼm qovurilgan kimchi va mayin tofudan iborat toʻyimli taom tayyorlanadi. Taomnomaning yana bir xiti — ojinyo pokkim (achchiq sousda qovurilgan kalmar). Shuningdek, maxsus tolsot pibimbapga ham buyurtma berishga arziydi: uni qizdirilgan tosh idishda olib kelishadi, shuning uchun idishning tubi va devorlaridagi guruch ajoyib qarsildoq qatlamga (nurunji) aylanadi. Bu yerda panchxanlarning tortilishi Seul standartlariga juda yaqin: asosiy buyurtma bilan birga mavsumiy gazaklardan iborat moʻl-koʻl toʻplam keltiriladi, unda fermentlangan ildizmevalar va kimchining noyob turlarini, masalan, brokkoli, koʻk piyoz yoki rediskadan tayyorlanganlarini uchratish mumkin.
Seul qahva butiklari madaniyatidan ilhomlangan oʻta estetik va instagrambop makon. Bu yerda qahva koreyscha uslubda — donlarni yengil qovurish va murakkab sovuq mikslarga urgʻu bergan holda taqdim etiladi. Qandolat mahsulotlari kartasining asosiy oʻziga xosligi — stakanlardagi porsiyali tortlar: masalan, shirin mango, qovun yoki nilufardan tayyorlangan mayin kremli. Eʼtiborga loyiq yana bir yegulik — qovurilgan guruch uni asosidagi krem bilan tayyorlanadigan shu injolmi profitrolidir. Shuningdek, bu yerda choʻziluvchan moti va qarsildoq Dubay shokoladining virusli gibridi boʻlmish namunali tuchonkxu tayyorlanadi. Shirinliklardan tashqari, guruch oʻrniga qarsildoq qatlama xamir ishlatiladigan kimpabning yangicha talqini boʻlgan kimpan hamda ponchik xamiridan tayyorlangan yengil bulochkaga solingan xot-dogning koreyscha muqobili — panchxanni albatta tatib koʻring.
Seulning xipsterlar mahallasi muhitini toʻlaqonli aks ettiruvchi konseptual qahvaxona. Bu yerga benuqson maxsus qahva uchun kelish joiz — bu, shubhasiz, Koreyaning muqobil damlash madaniyati bilan tanishish uchun shahardagi eng yaxshi joy. Bar kartasida klassik ichimliklardan tashqari, Seul yoshlari orasida ommalashgan oʻziga xos takliflar ham yigʻilgan. Ularning didini tushunishga shirin batat pyuresi asosidagi mashhur koreyscha latte hamda greypfrut va asal qoʻshilgan isituvchi qora choy yordam beradi. «Dosan”da fransuz kruassani va Belgiya vaflisining qarsildoq gibridi boʻlgan mashhur krufllarni oʻzlari pishirishadi. Ayniqsa, qaynatma krem va match qoʻshilgan turlari juda ajoyib chiqadi. Yana bir mahalliy xit va asosiy instagram-trend — kruassan va shokolad qirindili Amerika pechenyesining aralashmasi boʻlgan krukidir
Manna (yuqorida aytib oʻtilgan «Mannam» bilan adashtirilmasin) — bu boy tarixga ega yana bir klassik Janubiy Koreya oshxonasi restorani boʻlib, u Toshkentda ancha avval, 2002-yilda ochilgan. Muassasaning asosiy faxri — anʼanaviy shoʻrvalar va qozon-shoʻrvalar (chongol). Suyakli mayin mol goʻshtidan tayyorlangan suyuk chongol, koreyscha chuchvarali mandu chongol yoki mashhur sollontxan — mol goʻshti boʻlaklari va shaffof ugra solib, hoʻkiz suyagidan uzoq qaynatilgan sutdek oq shoʻrvani tatib koʻrishga arziydi. Issiq kunlarda bu yerda odamlar nordon-shirin bulondagi muzdek grechixa ugrasi — mul nenmyon bilan jon saqlaydi, toʻyimli issiq taomlarni xush koʻruvchilarga esa taktoritxan (achchiq sousda kartoshka bilan dimlangan tovuq) yoki mazali qovurilgan antrekot — tinsimni tavsiya qilamiz. Bunday ziyofatga bir-ikki qadah anʼanaviy soju ajoyib qoʻshimcha boʻladi.
Anʼanaviy uy taomlari restorani va koreys novvoyxonasining qiziqarli uygʻunligi. Ushbu sharhda aynan pishiriq va shirinliklarga toʻxtalamiz, ular uchun bu yerga kelishga arziydi. Shakar va dolchin sepilgan, oʻrim shaklidagi Janubiy Koreya ponchiklari — kvabegi hamda qizil loviyadan tayyorlangan shirin nachinkali yengil xamirturushli bulochkalar — pxatppanni albatta tatib koʻring. Shuningdek, bu yerda (faqat oldindan buyurtma asosida) ajoyib kyondan — yongʻoq urvogʻi yoki kunjutga belangan, guruch unidan tayyorlangan mayin sharchalar va manju — kashtan pastasili bejirim pirojniylar tayyorlanadi. Muassasaning yana bir oʻziga xosligi — afsonaviy yozgi desert pxatpinsu. U mayin sutli qor (muz qirindisi) asosida tayyorlanib, ustiga yetilgan mevalar, quyultirilgan sut va adzuki shirin loviyasi pastasidan moʻl-koʻl solinadi.
Shinam va minimalist interyerga ega qahvaxona-qandolatxona. Bu yerga odamlar instagrambop desertlar va yoqimtoylik (kviyoun) estetikasi bilan yoʻgʻrilgan noodatiy ichimliklar uchun kelishadi. «RounʼD”ga kelganda, albatta, bu joyning oʻziga xos qulupnayli torti, yengil dakuaz pirojniylari (Seulda juda mashhur boʻlgan fransuz deserti) va moʻl-koʻl mayin nachinkasi bilan ajralib turadigan makaronning koreyscha koʻrinishi — mashhur fetkaronni tatib koʻrish kerak. Ichimliklardan anʼanaviy koreys choylarini, masalan, ziravorli oʻtlardan tayyorlangan sanxva-chxa yoki unabi (Xitoy xurmosi) dan damlangan isituvchi tayszyuyni tatib koʻrish imkoniyatini qoʻldan boy bermang. Issiq kunlarda esa taroli mashhur babl-ti va bu yozning asosiy xiti — „Blue Curacao“ siropi qoʻshilgan tetiklantiruvchi „Sunrise Shot“ limonadi joniga oro kiradi.
Koreys gastrotrendlari haqida gap ketganda, beygllarni chetlab oʻtish mumkin emas — hozir Seulda turli xil nachinkali bu toʻyimli halqalar juda urf boʻlgan. «Stella Bagel» shinam qahvaxonasi zamonaviy koreys madaniyatining aynan shu qismini targʻib qiladi. Toʻyimli variantlardan kam tuzlangan losos va mayin qaymoqli pishloqli beyglni yoki nori va kunjutli noodatiy variantni tanlashga arziydi. Desertga esa yongʻoqli guruch unidan tayyorlangan shirin xottok-beygllarni (mashhur koʻcha quymoqlariga hurmat bajo keltirilgan) yoki dengiz tuzi kristallari qoʻshilgan pretsel-beygllarni tanlang. Taomnomada, shuningdek, juda qiziqarli sendvichlar ham bor: masalan, achchiq-shirin sousdagi pulkogi mol goʻshtli sendvich yoki xalapenyoli makkajoʻxori noni. Buyurtmangizni anʼanaviy koreyscha ays-amerikano yoki mayin qulupnayli latte bilan toʻldiring. Ajoyib branchga oʻxshaydi, shunday emasmi?
Foto: restoranlarning saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps