Biz baribir go‘shtli variantni klassik deb hisoblaymiz. Shunday bo‘lsa-da, har qanday to‘ldirmaga hurmat bilan qaraymiz va ularni tatib ko‘rishga chorlaymiz.
Olchali xinkali — donasi 49 000 so‘m, pishloq va pomidorli, kartoshkali, qo‘ziqorinli xinkali — donasi 17 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha
Bu gruzin restoranida, nomidan ham ma’lumki, xinkali tayyorlashni yaxshi bilishadi. Bu yerda xarcho, satsivi, pxali va xachapuri kabi milliy taomlarning klassik turlariga hurmat bilan yondashilsa-da, yangilik yaratishdan ham aslo cho‘chishmaydi. Masalan, nonushtaga olchali xinkali tortishadi. Asosiy menyuda mol go‘shti, qo‘y go‘shti, pishloq va pomidor, kartoshka va qo‘ziqorinli xinkalilarga e’tibor qaratishga arziydi — ularning barchasiga pishirilgan yoki qovurilgan holda buyurtma berish mumkin.
«Mama-mamidze» — 99 000 so‘m, Black xinkali — 165 000 so‘m, mini-xinkali — 95 000 so‘m
Qo‘ziqorin va tryufelli mini-xinkali — 89 000 so‘m, shampinyonli xinkali — 16 000 so‘m
«Ona-xinkali» — 210 000 so‘m, suluguni va imereti pishloqlari bilan — bir donasi 15 900 so‘m, krevetkalar va losos bilan — 3 donasi 115 000 so‘m
Shvili nomli gruzin oilaviy restoranida «xinkali qancha bo‘lsa, shuncha oz» degan tamoyilga amal qilinib, «Ona-xinkali» taomi yaratildi. U umumiy dasturxonga (yoki bir o‘zingiz och bo‘lsangiz, sizga) mo‘ljallangan: katta xinkalini kesganingizda, ichidan birdaniga 10 ta kichkina xinkali chiqadi. Taomning klassik turlari, shuningdek, suluguni va imereti pishlog‘i yoki krevetka va losos qo‘shilgan noodatiy ko‘rinishlari ham bor.
«Nino buvi» va uning jamoasi biroz «bezorilik» qilishga qarshi emas: bu yerda ham odatiy go‘shtli qiymadan voz kechib, tanish gruzin ta’mlari doirasida qolishni istaganlar uchun alohida taklif bor. Demak, dasturda: pomidor va pishloqli, qo‘ziqorinli, pishloqli, mini o‘lchamdagi hamda ismaloqli sousdagi xinkallar. Qolaversa, har bir klassik xinkalini qovurtirib ham olish mumkin.
Ismaloq va pishloqli xinkali — 19 000 so‘m, qo‘ziqorin va qaymoqli — 17 000 so‘m, pishloqli — 17 000 so‘m, qaymoqli sousli chkmeruli — 72 000 so‘m, krevetka va pishloqli — 87 000 so‘m, «Ona-xinkali» — 102 000 so‘m
Khachapuri Park oilaviy restoranida xinkali menyuning butun bir sahifasini egallaydi — bu yerda har qanday vaziyat va ta’bga mos turlari jamlangan. Mol go‘shti, pishloq va qo‘ziqorinli klassik xinkalidan tashqari, qovurilgan, pishirilgan va chkmeruli tovuq go‘shtli turlari ham bor. Kichikroq hajmdagisini xush ko‘ruvchilar uchun mini-xinkali o‘ylab topilgan: ular qaymoqli sous bilan tortiladi, pechda qo‘ziqorin yoki pishloq bilan pishirib beriladi. Hatto smetana bilan taqdim etiladigan bolalar xinkalisi ham mavjud. Katta davralar uchun esa birdaniga ikki xil «Ona-xinkali» bor: mol go‘shtli yoki assorti to‘ldirmali. Xullas, bu yerda dasturxonga shunchaki bir likop klassik xinkali qo‘yishdan ko‘ra boshqa ancha ko‘proq usullar borligini isbotlashga ahd qilishganga o‘xshaydi.
Pishloqli xinkali — 15 000 so‘m, qo‘ziqorinli — 15 000 so‘m, qovurilgani — 17 000 so‘m, «Chkmeruli jo‘jali xinkali» — 15 000 so‘m, «Smetanali bolalar xinkalisi» — 60 000 so‘m, mini-xinkali — 78 000 so‘m, «Ona-xinkali» — 60 000 so‘m
Pishloq va pomidorli xinkali — 54 000 so‘m, qo‘ziqorinli, pishloqli, ismaloqli qaylada mol go‘shti bilan mini-xinkali — 63 000 so‘m
Gruzin’da, xinkalini pichoq va sanchqi bilan yeganingizda tog‘larda bir gruzin yig‘lab yuboradi, deb hazil qilishsa-da, taomnomani faqat klassik taomlar bilan cheklab qo‘yishmagan. Bu yerda an’anaviy turlari ham, bir nechta noodatiy variantlar ham bor: ismaloq va pishloqli, qo‘ziqorin va qaymoqli, krevetka va pishloqli xinkalilar, shuningdek, chkmeruli qaymoqli sousidagi xinkali — u likopchada bir yo‘la beshta qilib tortiladi. «Ona-xinkali”ni ham topasiz.
Sulugunili xinkali — 23 000 so‘m, qo‘ziqorinli — 30 000 so‘m, krevetka va ismaloqli — 35 000 so‘m
Manana gruzin restoranida tanish retseptlarga sodiq qolishadi, lekin vaqti-vaqti bilan tajriba qilib turishdan ham cho‘chishmaydi. Masalan, qo‘y va mol go‘shtli klassik turlaridan tashqari, menyuda mini-xinkalilar ham paydo bo‘ldi: an’anaviy xinkali o‘lchami kichraytirilib, qo‘ziqorinli qiyma esa o‘ziga xos ta’m bilan boyitildi. Taom dasturxonga za’faronli qayla, zarchava va tryufel yog‘i bilan tortiladi, tortishdan oldin esa ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan parmezan sepiladi. Ular buning bilan cheklanib qolishmadi: yana bir noodatiy turini — shampinyonli xinkalini ham tayyorlashmoqda.
«Gruzinskiy dvorik”da xinkali menyusi an’anaviy turlardan boshlanadi: cho‘chqa va mol go‘shtli yoki qo‘y va mol go‘shtli — borib-borib taomnoma yanada qiziqarli bo‘lib boradi. Suluguni pishlog‘i, qo‘ziqorinlar va nihoyat, eng noodatiysi — krevetka va ismaloq solingan turlari ham bor. So‘nggisi dengiz mahsulotlari, ko‘katlar va ismaloqning mayin ta’mini o‘zida mujassamlashtirib, boshqa turdagi to‘ldirmalardan yaqqol ajralib turadi.
Gruzincha neobistrodan kamida neo-neo-xinkalini kutsa arziydi. Menyuning butun bir sahifasi aynan shu taomga bag‘ishlangan: hammasi tushunarli masalliqlar — qo‘y va mol go‘shti bilan boshlanadi, ammo davomi ancha qiziq. Birinchidan, «Mama-mamidze» — bu katta syurpriz-taom: bitta ulkan xinkali ichiga o‘nga yaqin klassik mayda xinkalilar yashirilgan. Boshqa turlarini esa dastlabki tishlamdanoq e’tiborni tortadigan qilib tayyorlashgan: qora xamir, ichida losos va sibas, ustida esa qaymoqli sous va qizil ikra. Shuningdek, mini-xinkalilarning ham butun bir turkumi mavjud: satsibeli sousi ostida dimlangan yonoq go‘shti va pishirilgan qalampir bilan qovurilgani, qo‘ziqorin va tryufel, uy pishlog‘i bilan, shuningdek, tom-yam sousidagi krevetka va tovuq go‘shtli turlari bor.