Agar ushbu ta’tildan zavqlanishga yo‘l olsangiz, albatta dengiz mahsulotlaridan tatib ko‘ring. Eng kamida — krevetkali do‘lma, pomidor va rayhonli midiyalar, qovurilgan anchouslar, gulmohi (forel) solingan pastani tatib ko‘rishingiz shart; hashamatli tanlov esa — muzli peshtaxtadan orzungizdagi baliqni tanlab, o‘zingizga ma’qul usulda tayyorlatish: grilda, folgada, tuzda pishirish, bug‘da tayyorlash yoki dimlash mumkin. Haqiqiy kurort muhitini his qilish uchun barcha Kaspiyka’larda jo‘mrakdan quyiladigan ko‘pikli sharob bor.
Restoran nomi ispancha «cuadro» (kartina) so‘zi bilan hamohang bo‘lib, interyeri ham shunga monand go‘zaldir: bu yerda Andalusiya uslubidagi keramika va trenkadis texnikasidagi (Barselonadagi Gaudi asarlarida bo‘lgani kabi) mozaika tabiiy fakturalar va sharqona unsurlar bilan ixcham uyg‘unlashib ketgan.
Manzarali restoranlar ko‘pincha oddiy, ammo qimmat taomlari, zerikarli brend ichimliklari va ayfon kameralarini yoqib olgan yasan-tusan kiyingan sayyohlari bilan ajralib turadi. Ammo Oko mutlaqo boshqacha: bu yerda rostdan ham qiziqarli menyu bor va unga oshpaz Nikita Bichkov mas’ul (u Zira Cafe’da ham ijod qiladi). Gastrobar dasturidan O‘rta yer dengizi va Osiyo taomlari aralashmasi o‘rin olgan: ilikli mol go‘shti karpachchosi, kimchi ananasli mol qovurg‘asi, suvlaki va bao, pasta va ramen.
Oko’ning qiyofasi tropik orollardan ilhomlanib yaratilgan — bu yerda qum rang tuslar va ko‘kalamzor, rotang va makrame o‘zaro estetik uyg‘unlashgan; panoramali derazalardan esa go‘zal Toshkent shafag‘ini tomosha qilish mumkin. Juma va shanba oqshomlarida restoran DJ va raqslarga boy klub-barga aylanadi. Agar mehmon ayollar baland poshnadan charchasalar, ularga shippaklar taklif qilinadi — Oko mehmondo‘stligi haqida bilishingiz kerak bo‘lganining bari shu.
Agar Toshkentda dengiz bo‘lsa nima bo‘lardi? — Kaspiyka’da aynan shu fikrni jonlantirishga harakat qilishgan. Shift ostidagi baliqchi to‘rlari, dengizchilarga xos yo‘l-yo‘l chiziqlar, chig‘anoqlar, qayiqlar va hatto oyog‘ingiz ostidagi oppoq qum — bu yerda hamma narsa port muhitini yaratish uchun qilingan (lekin hashamatli uslubda, deyarli Jacquemus’nikidek).
Toshkentdagi zamonaviy ispan taomlarining bosh restorani; bu yerda taverna va chiketeriyalarga xos klassikani kutmang, aksincha, mahalliy mol go‘shtidan tayyorlangan talyata qo‘shilgan mini-paelya hamda grechkali popkornli baskcha chizkeykni tatib ko‘rishga tayyorlaning. Quadro oshxonasining asosiy yo‘nalishi — asado texnikasi (cho‘g‘da sekin pishirish) yordamida tayyorlangan quruq yetiltirilgan go‘sht, barning o‘ziga xos jihati esa Ispaniyaning turli mintaqalariga bag‘ishlangan kokteyllar va litrli ko‘zalarda tortiladigan sangriyadir.
Maestro Novikovning Toshkentdagi birinchi restorani va xalqaro servis standartlariga ega ilk franshizasi — bu haqiqiy yutuq! Yillar o‘tsa-da, «Sirovarnya”da hamon hammasi a’lo darajada, chiroyli, mazali va hatto (uzr-u) nufuzli. Restoranga uchrashuvlarni, bayramlarni va eng aziz mehmonlarni bemalol ishonib topshirsa bo‘ladi. „Qishloq restorani“ degan jozibali nom ostida ochiq oshxonasi, vitrajli derazalari va shaxsiy issiqxonasi bor ko‘rkam loyiha hayot surmoqda. Aytinchi, shunday qishloqlarni ko‘rganmisiz?
Dunyoning barcha «Sirovarnya”lari (ularning soni 60 dan oshgan) o‘zi ishlab chiqargan pishloqlari bilan mashhur: Apuliyaning eng sara xonadonlaridagidek burrata va yana 5 xil nav. Ularni alohida yoki taomlar tarkibida — yangi salatda, qaynoqqina fokachchada, pasta bilan birga tatib ko‘rish mumkin. Va aslo desertlarni o‘tkazib yubormang: bu yerdagi bananli brauni va rezavorli tartlar chinakam afsonaga aylangan.
Lali’da norin ham, somsa ham (ayniqsa, olot somsasini tavsiya qilamiz), xonim ham, qozon-kabob ham — barchasi xuddi odatdagidek, biroq biroz zamonaviy va hashamdor tusda. Go‘yo o‘zbek oshxonasi yuksak davralarga chiqqandek. Balki aynan shu yerda palovni shampan vinosi bilan birga tatib ko‘rishga arzir.
«Lesnoy» restorani o‘zining taomlari, muhiti va… xlorofilli bilan mehmonlarni hayratga soladi. Ichkarida 2000 dan ortiq o‘simlik bor, birorta ham sun’iy yaproqni uchratmaysiz! Bunday o‘rmonda kechki ovqat tanovul qilish — eng kamida nihoyatda huzurbaxsh (eng ko‘pi bilan esa — jazirama megapolis markazidagi bu mislsiz tajribadan shunchaki aqldan ozish mumkin). Garchi nomi «o‘rmon» bilan bog‘liq bo‘lsa-da, taomnomasi shahar uslubida, zamonaviy va mualliflik yondashuviga boy: nyokki batatdan tayyorlanadi, brokkoli steyki gorgonzola kremi bilan birga tortiladi, o‘ziga xos pitssettada esa buzoq yonoqlari va kimchi uyg‘unlashtiriladi. «Lesnoy» taomnomasida yong‘oqcha belgisi bilan ajratilgan taomlar ham bor — bu buyurtmalardan tushgan mablag‘larning bir qismi daraxt ekish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Hayotiy rejalaringiz ro‘yxatidagi bir band bajarildi deb hisoblayvering.
Agar milliy taomlarni tatib ko‘rishni xohlayotgan bo‘lsangiz-u, ammo milliy muhitga umuman ko‘nglingiz chopmasa, yangi davr o‘zbek restorani — Lali’ni tanlang. Ochiq oshxona bo‘ylab bitilgan naqshlar musavvir Nadejda Rakiyevaning qo‘l mehnati, peshtaxtalardagi sabzavotlar va shirinliklar sharq bozorini eslatadi, shiftdagi moviy sopol koshinlar esa Registon gumbazlari va mozaikalariga ishora qiladi.
Agar oilaviy oqshomni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Ribambelle’dan yaxshiroq joy topa olmaysiz: bu yerda ota-onalarning xotirjam kechki ovqat tanovul qilish va suhbatlashish imkoniyati har qachongidan ham yuqori. Bolalar uchun o‘yin shaharchalari, mahorat darslari va animatorlar, kattalar uchun esa nafis interyer, Siti manzarasi ochiladigan katta ayvon hamda issiq taomni sovimasdan yeyishning noyob imkoniyati mavjud. Taomnomaning eng mashhur yeguliklari — o‘tin pechida pishirilgan pitsa, yangi tayyorlangan pasta, grilda pishirilgan go‘sht va italyancha uslubdagi salatlar. Eng muhimi, Ribambelle bolalarni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, rang-barang bezaklar va mushakbozlik bilan o‘zini Disneylendga o‘xshatishga urinmaydi; bu yerda kattalar ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Fotosuratlar: restoran saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps
Har qanday vaziyat va byudjetga mos, onlayn band qilish mumkin bo‘lgan yanada ko‘proq restoranlarni Yandex Go ilovasining «Borish» bo‘limidan topasiz.