о людях и еде от яндекс еды

мы в телеграм
  • Места
  • Люди
  • Блюда
  • Новости
‌
МестаКуда сходить

Plove of my life: autentik oshdan qayerda bahramand boʻlish mumkin?

12 марта 2025
‌
Мадина РузматоваВаш (не)тайный советник по безупречной репутации и еде в Ташкенте. Экс-главред глянца, выпускница London School of PR
‌
Плов «Свадебный», лепёшка, салат из кислого молока
‌
‌

Beshqozon

м. Шахристан • Toshkent, Yunusobod tumani, Iftixor koʻchasi, 1
 5.0(33933 оценки)
<120 000 сум • Халяль, Узбекская

Контакты

Позвонить в ресторан
‌
Плов «Чаханский», илик шурпа, анзур&nbsp;
‌
‌

Osh Kamolon labzak

м. Минор • Toshkent, Zulfiyaxonim koʻchasi, 10A
 5.0(6732 оценки)
<120 000 сум • Узбекская

Забронируйте онлайн

Потребуется авторизация Яндекс ID
11:00Завтра11:30Завтра12:00Завтра12:30ЗавтраВсе слоты
SamOsh
‌
‌
Dunyo
‌

SamOsh

м. Пушкинская • Toshkent, Parkent koʻchasi, 74
 5.0(5260 оценок)
<120 000 сум • Узбекская

Контакты

Dunyo

м. Новза • Toshkent, Yakkasaroy tumani, Muhandislar mahalla fuqarolar yigʻini
 5.0(3560 оценок)
120 000-250 000 сум • Турецкая, Европейская

Контакты

‌
Плов «Чайханский»
‌
‌

Abdujalil Osh

м. Тинчлик • Toshkent, Sheroziy koʻchasi, 24
 5.0(1429 оценок)
<120 000 сум • Узбекская

Контакты

Позвонить в ресторан
‌
Плов ош, салат ачичук, салат а-ля весенний, ташкентская лепёшка оби нон
‌
‌

Loft

м. Узбекистанская • Toshkent, Beshyogʻoch 1-berk koʻchasi, 9
 5.0(1271 оценка)
250 000-600 000 сум • Европейская

Контакты

Позвонить в ресторан

Куранты

м. Сквер Амира Темура • Toshkent, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 3B
 5.0(1423 оценки)
250 000-600 000 сум • Ближневосточная, Ближневосточная

Забронируйте онлайн

Потребуется авторизация Яндекс ID
13:00Завтра13:30Завтра14:00Завтра14:30ЗавтраВсе слоты
‌
‌
‌
Плов

Поделиться

о людях и еде от

open-kitchen.footer.version

Места
ОбзорыИсторииКуда сходитьГорода
Люди
ИсторииЧему учитьсяМненияРазвлеченияБлиц
Блюда
ИсторииПодборкиРецептыПродукты
Новости
СкидкиОткрытияКадрыСобытияИсследованияЦитатаДругое
мы в телеграм
РекламаО редакцииРедакционная политика

© 2026, ООО «Яндекс еда» (18+)

для обратной связи news.openkitchen@eda.yandex.ru

Qarshingizda — Toshkent bo‘ylab osh boʻyicha maxsus gayd: unda ham sayyohlik uchun eng diqqatga sazovor joylar, ham sayyohlarga aytilmaydigan manzillar va hattoki mashhur xonanda Shadisha tavsiya etgan birov bilmaydigan nouneym joy ham bor.

 

Odatda sayyohlik avtobuslari mehmonlarni shahar ramzi bo‘lmish teleminora yonidagi mashhur filialga olib boradi. Bu joyni nazardan chetda qoldirish qiyin, ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p sharhlar va fud-blogerlarining fikrlari u haqida. Ammo Toshkentdagi har bir kishining bolaligidagi ko‘plab iliq xotiralarini oʻzida jamlagan «eski osh markazi» ruhini his qilishni istasangiz, Toshkentning eski shahar qismida joylashgan Ko‘kcha masjidi yaqinidagi «Besh qozon”ga tashrif buyuring. Buni tushlikkacha, soat 11:30 atrofida qilgan ma’qul, shunda qozonning eng lazzatli „qismi”ga yetib kelasiz va qozon tubidagi yog‘ qoldiqlari sizga nasib etmagani uchun ovqatdan so‘ng mudrash istagi paydo bo‘lmaydi. Oshdan keyin masjid atrofidagi ko‘chalarda sayr qilish mumkin, shu atrofda mashhur kulollar sulolasi Rahimovlarning uy-ustaxonasi ham yashiringan.

«Qayerning oshi mazali?» degan savol bilan O‘zbekistonda kollaps yaratib, iqtisodiyotni qulatish mumkin. Hech qachon bunday savollar bermang va bu borada aniq fikringizni aytmang: o‘zingizga qimmatga tushadi. Yaxshiyamki, eng mazali osh O‘zbekistondami degan bahs yo‘q. Bu fikrda mamlakat shaharlari aholisi ham, sayyoh va mehmonlar ham yakdil.

Bu yerda tushlik paytida, ayniqsa payshanba kunlari, qo‘shni stollarda hammani — bankirlar, kollektorlar, marketologlar, ipak sotuvchilar, savdogarlar, xonlar va mahallaning taniqli yigitlarini ko‘rish mumkin. «Kamolon”ning filiali uchta, choyxona oshi (aytgancha, u kamroq uchraydi) uchun borish kerak boʻlgan eng mashhuri — shahar „Yong‘in xizmati“ binosi yonidagi ko‘prik yaqinida joylashgan filiali, kod so‘zi — „Labzak“.

Mashhurlikda ikkinchi o‘rinda, ta’mi bo‘yicha esa — o‘zingiz aytasiz

Sayyoh albatta borishi kerak boʻlgan joy

Плов «Чаханский», илик шурпа, анзур

Osh keltirilishidan oldin kattalar uchun o‘zbek aperetivi — achchiqqina sho‘rva yoki ilik sho‘rvani tatib ko‘ring; yarim porsiyasi osh uchun ham imkoniyat qoldiradi. Shuningdek, bu yerda kamyob taomlardan anzur piyoz (marinadlangan piyoz) va yangi qatlama patirlarni uchratish mumkin. Jasur mehmonlar uchun gʻurob — tabiiy absorbent vazifasini bajaradigan va oshni asoratsiz iste’mol qilishga yordam beradi xom uzumning achitilgan sharbati (meva sirkasi va kvas oralig‘idagi ichimlik) taqdim etish boshlandi. 

Kamolon Osh

Плов «Свадебный», лепёшка, салат из кислого молока

Samarqandda tayyorlanadigan oshga eng o‘xshashini Parkent bozori orqasidagi SamOsh’da topishingiz mumkin. Tushlik paytida shahar ofis xodimlarining yarim shu yerga yig‘iladi, shuning uchun ertaroq va taksi bilan kelgan ma’qul: avtoturargohda ko‘pincha katta tirbandlik yuzaga keladi.

SamOsh, Dunyo va Ко

Sharq durdonasi — Samarqand oshi

Asl toshkentliklar oshning ta’mi haqida soatlab bahslashib, Toshkent variantini himoya qilishi, keyin esa butun davra bilan… Samarqand oshi bilan tushlik qilishga borishi mumkin. Samarqand oshida an’anaviy ravishda sabzi ko‘p bo‘ladi va ko‘pincha o‘simlik yoki paxta yogʻi o‘rniga zig‘ir yogʻida (lavhalardagi «zig‘ir osh» nomi shundan kelib chiqqan) tayyorlanadi. Yog‘ va sabzi tufayli mayin va shirin ohanglarga ega Samarqand oshi ta’mi jihatidan Farg‘onaning achchiq jigarrang oshi yoki Toshkentning boy va ardoqli oshidan keskin farq qiladi.

Dunyo

Bu joy haqida o‘zbekistonlik rusiyzabon foydalanuvchilari bilmaydi, ammo o‘zbekzabon blogerlar anchadan beri gapirmoqda. Kungaboqar moyini iste’mol qila olmaydiganlar uchun qimmatbaho topilma: bu yerda oshning zaytun moyida tayyorlangan varianti ham boʻladi, lekin borligini aniqlashtirib olish kerak.

Tartib posbonlari ma’qullagan noodatiy o‘zbekona open-kitchen

Besh Qozon

Abdujalil osh

Mahalliy aholi uchun hashamatli restoranlardagi har qanday super-vipdan ham koʻra, Abdujalil oshdagi ochiq ayvonda o‘tirib (Toshkentda hatto qishda ham buning imkoni bor!), mohir oshpazlarning bir vaqtning o‘zida to‘rtta qozonda mo‘jiza yaratayotganini kuzatishdan maʼquli yoʻq. Bu Toshkentdagi eng o‘zbekona open kitchen! Bu yerda sayyohlarni kamdan-kam koʻrasiz, lekin tez-tez o‘zbek blogerlari, rasmiy kiyimdagi kishilar va hatto estrada yulduzlarini uchratash mumkin.

Samarqandcha lazzatli oshni aeroportga yaqin joyda ham topsa bo‘ladi. Shunchaki Qushbegi ko‘chasidagi tramvay yo‘li yonidagi «Dunyo» restoraniga eltib qo‘yishlarini so‘rang. Oʻsha joyga yoki yo‘l bo‘yidagi «Zigir osh» deb yozilgan istalgan choyxonaga kirishingiz mumkin.

SamOsh

Odatda, huquq-tartibot idoralari xodimlari «mazali joylar”ni boshqa shaharliklardan ko‘ra yaxshiroq biladi. Xalq hikmati: agar qahvaxonaga tushlikka bir nechta yo‘l harakati xizmati inspektori kelsa, bir necha haftadan so‘ng har bir tushlikda muassasa ularning kiyimlari rangida bo‘ladi, keyinroq esa patrullar ham, ulardan yuqoriroq „pogonli kishilar“ ham kelishni boshlaydi va tez orada qahvaxona mazali taomlarni qidiradigan barcha mahalliy aholi orasida mashhur bo‘ladi. Bu xizmatlarda „radio“ qanday ishlashi aniq ma’lum bo‘lmasa-da, ammo ovqat masalasida ular juda yaxshi mutaxassis. 

«Pasha Pasha Kafe Kafe”dan porsiyasi 12 dollarlik hashamat

Qoʻhna «Loft» va afsonaviy «Kurantlar» — poytaxtning tez-tez muhokamalarga sabab boʻladigan epatajli restoratori loyihalari osh borasida must have. «Tarixiy merosdagi bant» va shahar soat minorasidagi shovqinli diskotekalar muallifi, oʻsha fitnachi Pavel Georganov payshanba kunlari sizga hashamatli osh uyushtirib beradi. Sizdan esa — 120 000 so‘m.

Плов «Чайханский»

Beradigan har bir so‘mingizga arziydi, chunki nafaqat har bir guruchidagi ulkan baxt ulushini, balki ashaddiy shinavandalarga mo‘ljallangan haqiqiy laksheri-set — osh, Oloy bozorining eng mazali pomidorlaridan tayyorlangan achchiq-chuchuk (shakarob) salati, bochkada tuzlangan sabzavotlar, qatiqdan tayyorlanadigan va yuziga yil bo‘yi yangi ko‘katlar sepiladigan xushbo‘y bahoriy (go‘shtsiz okroshka) salati hamda bolalikdagi o‘sha Toshkent obi nonining yarmiga ega boʻlasiz. Pomidor salatining kichik, ammo muhim jihati — uning ustiga qurt (quritilgan suzma) ushoqlari sepiladi va bu salatga yangicha joziba baxsh etadi.

Osh xaritangizga bonus — nomsiz joy

Loft va Kurantlar

Shunchaki taksi chaqirish ilovasi yoki navigatorga Bog‘iravon 55 ni kiritasiz va shundoq mahalladagi turar-joy binolari orasidagi oddiy, autentik oshxonaga yetib kelasiz. Ko‘cha bo‘ylab to‘plangan mashinalar tufayli bu joyni darhol topasiz. 

Shuni yodda tutingki, har ikkala muassasada ham oshga oldindan buyurtma qilish kerak, chunki tushlik oxiriga kelib u odatda tugab qoladi.

Qiziqtirish uchun aytib oʻtamiz, bu oshdan keyin qolgan barcha oshlar shunchaki guruchli mazali taomga aylanadi. Oshpazlar unga nima qo‘shishini bilmaymiz, lekin muallif shu osh haqida sharh tayyorlash maqsadida ataylab u yerga bordi va lazzatdan es-hushini yoʻqotish uchun deyarli 70 daqiqa vaqtini sarfladi. Agar ulgursangiz, issiq non bilan suzmani ham tatib ko‘ring. Keyin albatta ko‘k choy buyurtma bering — ha-ha, asl ko‘k choy va negadir MDHda «Toshkent choyi» deb ataladigan shaker bilan limon aralashmasini emas. Haqiqiy toshkentliklar bunday ichimlikni ichmaydi. Ayniqsa osh bilan, aslo.

Плов ош, салат ачичук, салат а-ля весенний, ташкентская лепёшка оби нон

Bunday to‘plam qimmatmi? Qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq. Poytaxtimizda benuqson xizmat odatda qimmatroq turadi, bu yerda esa u doimiy. «Kurantlar» kunduzi osoyishta va gavjum emas, tushlik qilish uchun juda yoqimli joy. «Loft» okeanarium, «Humo Arena» majmuasi va O‘zbekiston Disneylendi desa boʻladigan «Magic City» bog‘iga yaqin — sayrdan so‘ng kelish uchun yaxshi manzil.

Maxfiy joy