о людях и еде от яндекс еды

мы в телеграм
  • Места
  • Люди
  • Блюда
  • Новости
о людях и еде от
Места
ОбзорыИсторииКуда сходитьГорода
Люди
ИсторииЧему учитьсяМненияБлиц
Блюда
ИсторииПодборкиРецептыПродукты
Новости
ОткрытияКадрыСобытияИсследованияЦитатаДругое
мы в телеграм
О редакцииРассылкаРедакционная политика

© 2025, ООО «Яндекс еда» (18+)

для обратной связи news.openkitchen@eda.yandex.ru

МестаКуда сходить

Noyob burgerlarni qaerda tatib koʻrish mumkin

Qovurgʻali va ot goʻshtili, yeryongʻoqli pasta va dorblyu qoʻshilgan, vazni 700 grammli va non oʻrniga guruchli, qora, oq va qizil — siz uchun Toshkentdagi eng oldi kraft burgerlar tavsifini tayyorladik.

24 марта 2025
‌
Александр ШемдановЖурналист и #другшемплохогонепосоветует

Gravity Bar

Toshkentdagi eng koʻp muhokama qilinadigan burgerlardan biri! Keyin ikki yilda bu yerga kirish istagining kuchliligi «Sapiens» mehmonxonasining tomidagi, faqat shu joyda yashovchilar va ularning doʻstlari uchungina ochiq barning oʻziga kirish ishtiyoqi bilan barobar boʻldi. «Gravity”da burgerlar haqiqatan yaxshi: yumshoq briosh bulkasi, shirali, uyda pishirilganidek yumshoq kotlet va koʻp sous — bu boshqa masalliqlardan qatʼi nazar, asosiy baza. Mahalliy blokbaster — „Blyu Chiz“, unda dorblyu pishlogʻi stritfud taomga mayin xushtaʼmlik qoʻshadi. Klassika ishqibozlari uchun mogʻorsiz varianti, achchiqsevarlarga — xalapenyu solingani, shinavandalar uchun esa — olchaligi bor. Birgina minus — talab katta boʻlgani sababli burgerlar tezda tugab qoladi. Lekin uzoqqa emas: ertasigayoq yangilar tayyor boʻladi.

Pishgan gilos va Brie pishloqli  burger, qo’ziqorinli truffle burger

Pishgan gilos va Brie pishloqli  burger, qo’ziqorinli truffle burger

Gravity

Адрес: Toshkent, Mirobod 1-tor ko'chasi, 47A
Заказать доставкуНа карте

«Loft»

«Loft» kafesidagi «Borziy» («Kuchaygan»)ni shaharning eng yaxshi burgerlari roʻyxatiga qoʻshmaslik jinoyat boʻlardi. 2017-yilda kafe oʻsha paytlardagi rekord narxda — 90 000 soʻmga burger taqdim etdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar boʻroni unga bestseller boʻlish va burgerga noyob nom hadya etishga toʻsqinlik qilmadi. «Borziy» oʻz obroʻsini oqlaydi: tayyor taom 700 grammdan ogʻirroq, shu sababli, mashhur matalda aytilganidek, uni doʻstingiz bilan boʻlashganingiz maʼqulroq. Taom ichida: ikkita kotlet, BBQ goʻshti, tuzlangan bodring, ikkita qovurilgan tuxum, piyoz halqalari, Shveytsariya pishlogʻi va gollandcha sous, qoʻshimchasiga — naq bir hovuch qovurilgan kartoshka. Menyudan boshqa burgerlar ham oʻrin olgan, masalan: «Borziy-mladshiy», «Teriyaki» va «Parhyez» — unda bulochka salat bilan almashtirilgan. Ularning barini bir jihat birlashtiradi: bular shunchaki tamaddi emas, toʻlaqonli taom sanaladi.
Burgerlar «Borziy» va «Borziy-mladshiy»

Burgerlar «Borziy» va «Borziy-mladshiy»

Loft

Адрес: Toshkent, Beshyogʻoch 1-berk koʻchasi, 9
Заказать доставкуНа карте

«Shef Burger»

Nimpushti bulochka deysizmi? Ha, bu ayniqsa qizlar va bolalarga manzur boʻladigan «Shef Burger”dan mayin tomatli „Pushti flamingo“ boʻladi. Yana, menyuda deyarli qop-qora bulochkali va yeryongʻoqli pasta qoʻshilgan „Tanishing, Jo Blek“ ham, barbekyu sousili, marmartaxlit mol goʻshtidan ikkita kotlet qoʻyilgan „Goʻshtqiyma“ ham va kartoshka draniklaridan tayyorlangan „Goʻsht yoʻq“ vegetariancha burgeri ham bor.
Shef burgerlarining asosiy xususiyati — ularning hayratlanarli darajada shirali ekanidir. Oxirida qogʻoz qadoqda bir necha qoshiq xushboʻy selgina qoladi, holbuki siz hammasini paqqos tushirib boʻlgan boʻlasiz.

Burgerlar «Tanishing, Jo Blek» va «Pushti flamingo»

Burgerlar «Tanishing, Jo Blek» va «Pushti flamingo»

Шеф Бургер

Адрес: Toshkent, Chilonzor tumani, Chilonzor dahasi, 9-mavze, 1
На карте

Black Star Burger

Rossiya franshizasi oʻzining turfa xilligi bilan shuhrat qozongan. Bu yerda klassika namunalaridan to pazandachilik tajribalarigacha — 20 dan ziyod burger mavjud. Masalan, VIP 13 da mol goʻshtidan kotlet, uch turdagi pishloq, uch xil sous va, hatto, qoragʻatli jem ham jamlangan. «Italyancha burger”da masalliqlar orasida „Sezar“ salatini topish mumkin, „Toshkent slou”da — koul slou salati, „Havayi”da esa — qovurilgan ananaslar solingan. Klassik taʼm ishqibozlari uchun bu yerda ikkita yupqa kotlet solingan smesh-burger mavjud, undagi minimalizmni maqtamay boʻlmaydi.
Klassik Burger, Gorong’i, Eng mazali

Klassik Burger, Gorong’i, Eng mazali

Black Star Burger

Адрес: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 2
Заказать доставкуНа карте

Gōsht

«Gōsht”da ham burgerlar tanlovi katta, lekin koʻzimiz birinchi navbatda mana bu juftlikka tushadi: ribay goʻshtining yupqa parraklaridan „Rob-Roy“ va ichiga xosperda pishirilgan shirali steyk solingan „Steyk-burger“. Ikkala burger ortiqcha hashamatdan xoli boʻlib, mayin mol goʻshtidan zavq tuyish imkonini beradi. Menyuda veganlar uchun ham opsiya mavjud: noʻxotdan kotlet, romano barglari ustida sabzavot, vasabi va kashnichdan sousli burger — bu qarsildoq, tetiklantiruvchi taom ayniqsa yozda zoʻr ketadi.
Burgerlar «Rob-Roy» va «Steyk-burger»

Burgerlar «Rob-Roy» va «Steyk-burger»

Gosht

Адрес: Toshkent, Mirobod koʻchasi, 21/3
Заказать доставкуНа карте

«Myata Platinum»

«Myata» mehmonlari odatda burger uchun emas, vaqtni shodon oʻtkazish maqsadida stolusti oʻyinlari va bir bokal pivo uchun keladilar. Lekin bu yerda qoidani buzishga arzigulik — qovurilgan qovurgʻali burger ham bor. Mayin goʻsht suyakdan osongina ajralib, masalliqlar safiga qoʻshiladi, qovurgʻaning oʻzi esa, sanchqi vazifasini oʻtaydi. Shuningdek, yalpizli menyuda tovuq, mol va kurka goʻshtili burgerlar mavjud. Har bir taomni bulochkani aysberg bargiga almashtirishni soʻrab, parhezli qilish mumkin.

Mini «Steyk-burger»

Mini «Steyk-burger»

Мята Platinum

Адрес: Toshkent, Bahodir koʻchasi, 69
Заказать доставкуНа карте

Tary

Toshkentda hatto «Tary» autentik qozoq taomlari restoranida ham burger tatib koʻrish mumkin. bu yerda ular atigi ikki koʻrinishda: mol goʻshtili kotlet solingan klassik shaklda va unchalik ham klassika sanalmaydigan turi — ot goʻshtidan. Qiziq tomoni — bu yerda har bir masalliq alohida-alohida boʻlib, umumiy taʼmga aralashib ketmaydi. Burger buyurtirganda, albatta sutli xos tariq choyidan tatib koʻring. «Tary”da burgerlarni ham alohida, ham set shaklida: qishloqcha kartoshka, sabzavot ikrasi, achchiq qalampir va bir porsiya chalob bilan birga buyurtirish mumkin.
Kraft burger

Kraft burger

Tary coffee

Адрес: Toshkent, Yunusobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 30А/14
Заказать доставкуНа карте

The Burger by Havakand

Fud-kortlar haqida gapirishni rejalashtirmagan boʻlsak-da, «The Burger by Havakand» — mustasno. Birinchidan, ularning burgerlari ixchamgina: atigi 170 gramm tosh bosadi. «Tugmalar uzilgudek» holatga kelguncha yeyish niyatida boʻlmasangiz, bu ideal variant. Ikkinchidan, ularda avokadoli burger mavjud. Qaynoqqina mol goʻshtili, ustiga pishloq qoplangan va mayin avokado taʼmili kotlet — bu favqulodda mazali.

The Вurger

Адрес: Toshkent, Botir Zokirov koʻchasi, 7
Заказать доставкуНа карте

«Ris»

Nimadir yangicha taʼm istab qolsangiz, «Ris”ga boring. Bu yerda burgerlarni… guruchdan tayyorlaydilar! Bulochka oʻrniga yopishqoq guruchdan yasalgan yostiqchalardan foydalanadilar, ular, xavotirlarga qaramay, shaklni yaxshi ushlab turadi. Bu fastfud xalq orasida „guruchburger“ deb nom olgan. „Ris”da masalliqlar nihoyatda gʻayrioddiy: kimchi souslili krevetkalar, qora guruchdan „bulochka”da qovurilgan baqlajon yoki olchali. Bu umuman tasavvurdan tashqarida boʻlib, bir marta boʻlsa ham tatib koʻrishga arziydi.
Guruchburgerlar Guruchburgerlar Tom Yum Sensey va Gilos Qora

Guruchburgerlar Guruchburgerlar Tom Yum Sensey va Gilos Qora

Рис

Адрес: Toshkent, Qoratosh tor koʻchasi, 7
Заказать доставкуНа карте
Фастфуд

Поделиться