Tahririyat o‘z orzularida bunday tasavvur qilgan edi: qani edi daraxtlarida turli xil xachapurilar o‘sadigan butun boshli park bo‘lsa — eng sersuvini uzib olib, o‘rindiqda yeb o‘tirsang-u, keyingisining ortidan yugurib ketsang. Khachapuri Park’da mehmonlarni boshqa quvonchli narsalar bilan qarshi olishadi: mehmondo‘stlik, shinam interyer va barcha asosiy gruzin tansiq taomlarini o‘z ichiga olgan boy menyu. Biz xachapurining naq 11 ta turini sanab chiqdik, ular orasida imereti, xevsur, penovani, kaxuri xachapuri, megrel hamda pishlog‘i va go‘shti maksimal darajada mo‘l bo‘lgan turlari mavjud. Adjar xachapurisi esa tuxum sarig‘i va pishloq, shuningdek, dimlangan go‘sht va shampinyon bilan tayyorlanadi.
Shvili «Yangi kurantlar”dagi keng xonani egallaydi. Bu yerdagi ochiq oshxonada xachapuri va xinkali tayyorlanishini shundoqqina stol ortidan kuzatish mumkin. Taomnomada klassik gruzin taomlari jamlangan, biroq bu yerdagi ayrim yeguliklar yaqqol ko‘zni quvontiradigan taqdimot va katta davralarga mo‘ljallangan. Masalan, suluguni va imereti pishloqlari solingan XXXL xachapuri bahaybat qayiqcha shaklida tayyorlanadi — bu porsiya 6-8 nafar mehmonga mo‘ljallangan. Ixchamroq davra uchun esa (bu faqat siz va xachapuri, nari borsa yana bir kishi bo‘lganda) — moviy pishloq va nokli xachapuri bor. Shuningdek, gruzincha tovuq, ko‘katlar va strachatella bilan tayyorlanadigan yana bir noodatiy variantga ham e’tibor qarating.
Manana restoranida mehmonlarni Tbilisining mehmondo‘st xonadoniga xos tarzda doimo ochiq chehra bilan kutib olishadi. Shinam interyerda darhol gruzin oshxonasining barcha lazzatlari, sharob, qadah so‘zlari va ba’zan jonli musiqa jo‘rligida ziyofat boshlanib ketadi. Shu bilan birga, haftaning istalgan chorshanbasidagi oddiy tushlik ham bu yerda juda shinam o‘tadi. Taomnomada mumtoz an’analarga sodiq qolingan, ammo taomlarga biroz o‘ziga xoslik qo‘shishdan ham qochishmaydi. Masalan, megrelcha xachapuri bilan bir qatorda nok va dorblyu pishlog‘i qo‘shilgan turi yoki qo‘zichoq boldiri bilan bezatilgan, suratbop ko‘rinishdagi xachapuri ham tayyorlanadi. Darvoqe, bu yerda xinkali borasida ham tajriba qilishdan cho‘chishmaydi: ular jajji o‘lchamda tugilib, ichiga qo‘ziqorin va tryufel solinadi. Bu haqda batafsil ushbu maqolada so‘zlab bergan edik.
Nok va dorblyu pishloqli xachapuri — 138 000 so‘m, qo‘zichoq boldirili xachapuri — 460 000 so‘m
Fotosuratlar: restoranlarning saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps
Dimlangan go‘sht va shampinyonli adjarcha xachapuri — 109 000 so‘m
Qo‘ziqorinli xachapuri — 100 000 so‘m, pomidor va dudlangan suluguni bilan tayyorlangan shohona xachapuri — 145 000 so‘m, tryufelli adjarcha xachapuri — 160 000 so‘m, tryufel sousi qo‘shilgan xachinkali — 136 000 so‘m
XXXL xachapuri — 665 000 so‘m, ko‘k pishloq va nokli xachapuri — 135 000 so‘m, gruzincha tovuq go‘shti, ko‘katlar va strachatellali xachapuri — 97 000 so‘m
«TKX» tanish gruzin an’analariga gohida g‘ayrioddiy yondashishini yashirib o‘tirmaydi. Muassasa ichidagi zamonaviy, jo‘shqin va hatto biroz yoshlarbop muhit menyuda ham o‘z aksini topgan. Ayniqsa, xachapurida! Qo‘ziqorinlisi sizga yoqadimi? Pomidor va dudlangan suluguni pishlog‘i solingan shohona xachapuri-chi? Ehtimol, bugun tryufelli adjarcha xachapuridan tatib ko‘rish vaqti kelgandir? Biroq, oshxonaning eng asosiy kashfiyoti — bu tryufel sousli xachinkali (xachapuri + xinkali) hisoblanadi.