Faces inflyuyenserlik agentligi asoschisi
Caravan restorani 27 yildan beri faoliyat yuritadi, va esimni taniganimdan buyon, u milliy o‘zbek oshxonasi taqdim etilgan eng autentik maskan bo‘lib kelgan. Antikvar mebellar, o‘zgacha fayzli eski hovli, milliy cholg‘u asboblari bilan o‘ynaladigan jonli musiqa. Poytaxtga mehmonlar kelganda, ularni har doim Caravan’ga olib boramiz.
Men dengiz mahsulotlarini juda yaxshi ko‘raman va, nazarimda, eng mazali qilib ularni La Mer’da tayyorlashadi. Ustritsalar, g‘oyatda yumshoq qilib tayyorlangan sakkizoyoq va bir qadah risling — mening sevimli kombinatsiyam.
Afsonaviy Afsona’ni sakkiz yildan beri chin yurakdan yaxshi ko‘raman. Poytaxtimiz mehmonlarini mahalliy taomlar bilan tanishtirish kerak bo‘lsa, har doim shu yerni tanlayman. Ayniqsa, bu yerda qaynoq shirin limon choy bilan tortiladigan moshkichiri va issiq qarsildoq nonlarni xush ko‘raman. Ojizona fikrimcha, shahardagi eng yaxshi milliy oshxonalardan biri -aynan shu yerda taqdim qilingan.
Har safar sifati shubha tug‘dirmaydigan baliq va boshqa dengiz jonzotlarini tanovul qilgimiz kelganida, La Mer’ni tanlaymiz. Benuqson darajada mazali; sarxil mahsulot, yorqin yapon oshxonasi taqdim etilgan taomnoma — buning ustiga bejirim idish-tovoqlar.
«Yengil retro» brendi asoschisi, O‘zbekistondagi ELLE jurnalining sobiq bosh muharriri
MGIMO’da o‘qib yurgan paytlarimda ko‘pincha oqshomlarni Moskvadagi «Sirovarnya»da o‘tkazardim. Haligacha ushbu kafelar tarmog‘ini barqarorligi uchun tanlayman: qaysi shaharda bo‘lmayin, mazkur kafe har doim a’lo darajada. Mening favoritlarim — strachatellali fokachcha, medovik va kurka go‘shtidan tayyorlangan kotletlar.
Ikki nafar qiz farzadim bor va Ribambelle — men uchun «oyi, oyi, oyi» degan tinimsiz chaqiriqlarsiz xotirjamgina qahva ichishim mumkin bo‘lgan deyarli yagona joy. Bolalar (va ota-onalar) uchun kichkina sehrli shaharchaning o‘zginasi: bu yerda kattakon o‘yin maydonchasi, mahorat darslari, sovg‘alar va har bir injiq malika uchun munosib tanlovga ega taomnoma bor. Lekin eng zo‘ri — ayvonda quyosh botishiga ochiladigan manzara. Siz, qaynoq qahva, mazali taomlar, animatorlar bilan o‘yinga berilgan farzandlaringiz va ta’riflab bo‘lmas go‘zallikdagi osmon. Ortiqcha so‘zga hojat yo‘q: onalar meni tushunadi.
Ma’lum bir taom haqida o‘ylamay, mazasi tilingizda qoladigan taomlardan bahramand bo‘lishni istab qolsak, Ora’ga boramiz va shunchaki taomnomadan istalgan narsani tanlaymiz. Bu yerda biz, xuddi ertaga quyosh chiqishiga amin bo‘lganimizday, sifat borasida hamisha ko‘nglimiz to‘q. Ayniqsa, men eng yaxshi ko‘radiganlarim — ju qaylasida tayyorlanadigan jo‘ja va laym-rayhonli limonad.
PR va kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspert, layfstayl-inflyuyenser
Shunday joylar borki, ularga nafaqat taomlari, balki tashrif buyurganda olinadigan o‘zgacha hissiyot uchun ham qaytgingiz kelaveradi. Ortiqcha shovqin-suronsiz, xotirjam kechki ovqat tanovul qilishni xohlaganimda, «Sirovarnya»ni tanlayman. Bu yerning interyeri juda yoqimli: yashillikka va yorug‘likka to‘la, panoramali derazalar hamda ochiq oshxona. Taomlar orasidan esa, ayniqsa, qo‘ziqorinli qayla bilan tortiladigan tovuqli oladyalarni juda yaxsho ko‘raman. Menyudagi hamma pozitsiyalar oddiy, tushunarli va nihoyatda mazali.
Cucucina esa — mening Toshkentdagi mitti Italiyam. Bu yerda «dolche vita» kayfiyatini his qilish juda oson: limonlar, sariq Fiat va ko‘katlar. Ko‘pincha pitsa buyurtma qilaman, ammo «vitello tonnato”ni albatta tatib ko‘rishni tavsiya qilaman.
Kaspiyka esa butunlay boshqacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Go‘yo bir necha soatga dengiz bo‘yiga tushib qolgandek bo‘lasiz: yorug‘ interyer, qum, dengizni eslatuvchi detallar, arqonlar, chig‘anoqlar. Bu yerga ko‘pchilik bo‘lib kelib, turli ta’m va qaylalarni tatib ko‘rish uchun dasturxonga birvarakayiga bir necha xil baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan gazaklarni buyurtma qilishni xush ko‘raman.
Foto: restoranlarning saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari; Yandex Maps
Toshkent gedonizmi bo‘yicha yo‘lboshchi, Naked Eye Studio asoschilaridan biri va kreativ direktori
KU’da izakaya formatining o‘zi yoqadi — ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydigandek tuyulgan ta’mlarni uyg‘unlashtirgan holda dasturxonga turli gazaklarni to‘ldirib tashlash mumkin. Bu yerga buyurtma qilingan taomlarni bir-birining likopchasidan «o‘g‘irlab» yeyish zavqli va yoqimli bo‘lgan insonlar bilan borishga arziydi (chunki shunday qilsa, yanada mazaliroq tuyuladi). Muhit ham jiddiy bo‘lmagan, quvnoq va kulgiga boy suhbatlarga chorlaydi.
Zira City’da barqaror sifat va mazali ta’mni xohlagan paytimda boradigan maskanga aylanganiga ancha bo‘ldi. Turli format va talqindagi sara qahva, Nikita Bichkovning betakror taomnomasi, kun bo‘yi tortiq etiladigan nonushtalar va hatto taomlarga moslab tanlash uchun alohida spirtli ichimliklar xaritasi — bu yerda barchasi muhayyo.
Ribambelle’ni faqat bolalar restorani deb hisoblaydiganlar shunchaki Tashkent City Park’ga qaragan ayvonda bir finjon affogato bilan o‘tirib ko‘rishmagan. Bu maskanni xilma-xil taomnomasi hamda shahar shovqini ostida quyosh botishini tomosha qilish imkoniyati uchun yaxshi ko‘raman. Yana bu yerga dugonam va bolalar bilan kelib, farzandlarimizni hech ikkilanmay restoran jamoasiga ishonib topshirishim hamda xotirjamgina dugonam bilan muloqotdan bahramand bo‘lishim mumkinligi uchun xush ko‘raman.
Kitana’ga tom ma’noda olovli Osiyo taomlari uchun borishni yaxshi ko‘raman: oshxonaning yuragi — yapon robatasi. Bundan tashqari, bu restoranni Toshkentda kamdan-kam uchraydigan kenglik hissi uchun ham yoqtiraman: g‘ira-shira yorug‘lik, panoramali derazalar, bir-biridan qulay masofada joylashgan stollar hamda kechqurunlari, ayniqsa mavsumlar oralig‘ida, uzoqroq vaqt o‘tirib qolish yoqimli bo‘lgan ayvon.
Sayyora Madmussayeva