Qachon: har juma va shanba 19:00 dan boshlab
Agar hech bo‘lmasa bir oqshomga o‘zingizni Egey dengizi qirg‘og‘ida his qilishni istasangiz, Nika tomon yo‘l oling. Juma va shanba kunlari bu yerda DJ-setlar, milliy raqslar (jumladan, sirtaki), balet chiqishlari va an’anaviy likopchalarni sindirish marosimi hamrohligida grekcha oqshomlar o‘tkaziladi. Depozit yo‘q — faqat menyudagi taom va ichimliklar uchun haq to‘laysiz xolos. Nika restoranida nimalarga buyurtma berish mumkinligi haqida esa ushbu maqolamizda aytib o‘tganmiz.
Qachon: didjey — har kun 20:00 dan boshlab, jonli musiqa — chorshanbadan yakshanbagcha, 22:00 dan boshlab;
«Южанин» o‘zini «raqs loyihasi» deb ataydi va bu so‘zlarni muntazam ravishda amalda isbotlaydi: bu yerda har kuni soat 20:00 dan boshlab DJ-setlar, chorshanbadan yakshanbagacha esa soat 22:00 dan jonli musiqa yangraydi. Shodiyona shukuhiga xarcho, xachapuri, shashlik va qiyma-kabob kabi mashhur Kavkaz taomlari, shuningdek, vinolarning kattagina kolleksiyasi, alkogolli va bug‘li kokteyllar yanada fayz qo‘shib turadi.
Qachon: payshanba, juma va shanba, 19:00 dan boshlab
Salama’da nafaqat Markaziy Osiyo, Janubiy Yevropa va Marokash taomlari lazzatlari, balki turli hordiq chiqarish turlari ham o‘zaro uyg‘unlashgan. Kechqurun ayvonda didjeylar o‘z setlari bilan a’lo kayfiyat ulashadi, soat 23:00 dan boshlab esa kechki ovqatlanishdan keyin uylariga ketishga shoshilmaydiganlar uchun karaoke ishlashni boshlaydi.
Qachon: payshanbadan yakshanbagacha
Manana jamoasi qiyma-kabob, xinkali, xachapuri singari gruzin oshxonasining mashhur taomlaridangina emas, ko‘ngilochar dasturlar va musiqadan ham juda yaxshi xabardor. Restoran afishasi muntazam yangilanib boradi — masalan, 9-iyuldan 12-iyulgacha bo‘lgan haftadagi dastur quyidagicha:
● Payshanba kuni 20:00 dan 22:00 gacha Bilal chiqishlari.
● 10-iyul 19:30 dan 22:00 gacha mehmonlarni «Reyane Band», «Manana» ansambli va gruzincha tamada chiqishlari kutmoqda.
● Shanba kuni 20:00 dan 22:00 gacha — Bilal, «Manana» ansambli va tamada chiqishlari.
● 12-iyul 19:30 dan 22:00 gacha oqshom yana Bilalning jonli ijrosi ostida o‘tadi.
Depozit kerak emas — faqat menyudagi taom va ichimliklar uchun to‘lov qilinadi.
Shuningdek, 24-iyul soat 19:00 da makon o‘zining bir yilligini nishonlaydi. Mehmonlarni gruzincha bazm boshlovchisi, kvevrining tantanali ochilishi, «Manana» ansamblining chiqishi, hajvchi rassom chizadigan portretlar va, albatta, bayram torti kutmoqda.
Qachon: seshanbadan yakshanbagacha
Qbar seshanbadan payshanbagacha 03:00 gacha, yakshanba kuni 04:00 gacha, juma va shanba kunlari esa tonggi soat beshgacha ishlaydi, bu degani ushbu makonda istaganingizgacha, mazza qilib raqsga tushishingiz mumkin.
Jamoaning 8–12-iyul haftasiga tayyorlagan rejalari juda katta: maxsus takliflar, DJ-setlar, bazmlar va nafaqat bular.
● Chorshanba kuni mehmonlarni Kamis, Pashkov, Kalidin va Abosha MCning DJ-setlari hamrohligida vino uchun 50% chegirmali oqshom kutmoqda.
● 9-iyul, payshanba kuni «Women’s Night» bo‘lib o‘tadi: qizlar uchun 50% chegirma amal qiladi, musiqiy muhit uchun esa Bell, Papa, Tila va Abosha MC javob beradi.
● Juma kuni didjey pulti ortiga Papa, Kamis, Sam, Pashkov va Abosha MC qaytadi.
● Shanba kuni Diosa, Joker, Gera, Voynov va Abosha MC setlari ostida raqsga tushamiz.
● Haftani Kolya, Seven, Hasvord va Abosha MC ishtirokidagi yakshanbalik bazm yakunlab beradi.
Qachon: seshanbadan yakshanbagacha
Bu ajoyib makonda ham deyarli butun ish haftasi, ya’ni seshanbadan yakshanbagacha raqsga tushishni afzal ko‘rishadi. Aytaylik, reja shunday bo‘lishi mumkin: soat 20:00 da do‘stlar bilan kechki ovqatga yig‘ilib, ramen, tom-yam, xitoycha lazanya, shanxaycha tovuq, sushi, rollar va boshqa osiyocha taomlar, kokteyllar yoki vinodan bahramand bo‘lish. Keyin esa, rosa miriqib suhbatlashgach, soat 23:00 dan kayfiyatni ko‘taradigan DJ-setlar sadolari ostida raqsga tushish.
Qachon: 18-iyul 23:00 dan boshlab
Qachon: 10 va 24-iyul kunlari
Iyul oyida Ember & Embar birdaniga ikkita bazm uyushtiradi. Birinchisi — R& B Night 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi: musiqiy muhit uchun DJ Samvel, Tim Kari va DJ Artur mas’ul bo‘ladi, asosiy e’tibor esa R& B’ning oltin davri xitlariga qaratiladi. 24-iyulga nimalar tayyorlanayotganini jamoa hozircha sir saqlamoqda, biroq hech kim shunchaki stolda o‘tirib qolmasligiga va’da bermoqda. Och qoringa raqsga tushishni xush ko‘rmaydiganlar uchun sushi va sashimi kabi klassik Osiyo taomlari tayyorlanadi, go‘sht Argentina grilida qovuriladi, barda esa o‘ziga xos kokteyllar aralashtiriladi — bularning barchasi shahar uzra ochiladigan go‘zal manzarali munosib kechki ovqat uchun ayni muddao.
Qachon: 11-iyul 20:00 dan boshlab
11-iyul kuni Benedict Mirabad shahar kafesida tropik kayfiyatdagi bazm uyushtiriladi. Dasturdan soat 20:00 dan boshlanadigan DJ-set, kokosli kokteyllar, har bir mehmon uchun welcome-drink va Instax’da olingan lahzalik suratlar o‘rin olgan. Taomnomada ham issiq mamlakatlarga ishoralar ko‘rasiz: sakkizoyoq, spring-rollar va rezavorli salatlar, shuningdek, pasta va steyk kabi Yevropa klassikasi. Bundan tashqari, to‘g‘ri ovqatlanishga oid desert va taomlar uchun katta bo‘lim ham ko‘zda tutilgan — hatto oltidan keyin ovqatlanmaydiganlar ham buyurtma berishlari shubhasiz.
Qachon: 10 va 11-iyul 22:00 dan boshlab
12-qavatdagi restoranda muntazam ravishda mahalliy va maxsus taklif etilgan artistlarning DJ-setlari yangrab turadi. Shu sababli, bu maskan ancha vaqtdan beri elektron musiqa muxlislarining asosiy maydonchalaridan biriga aylangan. 10-iyul kuni pult ortiga Xenia (soat 22:00 dan) va Ray (soat 00:00 dan 02:30 gacha) o‘tadi, 11-iyulda esa a’lo kayfiyat uchun Mone (soat 22:00 dan) hamda Roger Gunn (yarim tundan 02:30 gacha) javob beradi. Agar kechki ovqatni bazm bilan birga o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, stolni oldindan band qilib qo‘yganingiz ma’qul — joylar soni cheklangan. Islom Qurbonov taklifidagi menyudan Osiyo va O‘rta Yer dengizi taomlarining ixcham to‘plami o‘rin olgan: qarsildoq baqlajon, tartarlar, tom-yam, pastalar — barchasi tanish klassika, biroq muallif talqinida.
Fotosuratlar: restoranlarning saytlari va ijtimoiy tarmoqlari; Yandex Maps
18-iyul kuni Close Friends bilan hamkorlikda kunduzgi bazm o‘tkaziladi: soat 15:00 dan boshlab tomda baland musiqa, raqslar, jo‘shqin his-tuyg‘ular va balandlikdan shaharga ochiladigan ajoyib manzara sizni kutadi.
Oqshomni yakunlashni istamaganlarga esa Bootlegger barida o‘yin-kulguni davom ettirish taklif qilinadi. Masalan, 18-iyul kuni Shanxay 1984’dagi kunduzgi bazmdan so‘ng darhol bu yerda rasmiy afterparty boshlanadi va u soat 23:00 dan 04:00 gacha davom etadi. Ajoyib musiqa, o‘zgacha muhit va mualliflik kokteyllari kafolatlangan. Shuningdek, bu yerda tungi tamaddi ham tashkil etiladi: rollar, steyklar, salatlar va gazaklar — to‘laqonli menyuda har bir mehmon uchun taom topilishi aniq.