Muslim Hakimov
Gastronomik
joylar boʻylab reydni «Minor somsa»dan
boshlang, bu yerda eng yaxshi somsa tayyorlanadi. Palov yegani Nurafshondagi Abdujalil osh markaziga boring, sersuv
goʻshtdan shashlik uchun esa Chigʻatoy
Art kafesiga tashrif buyurting. Qaynama shoʻrva elchixonasi — Shoʻrva No.1, mazali beshbarmoq uchun
esa men Toshkentdan uncha uzoq boʻlmagan Yangibozorga
boraman. Kunni yakunlash uchun, agar kuch qolsa, Sapiens mehmonxonasidagi
ajoyib kokteyllari bilan mashhur Gravity barini tavsiya qilaman.
Gala Sapayeva
Caravan bu — nafaqat barcha mehmonlar uchun must-have
maskan: oʻzbek taomlari, gilamlar va atmosfera. Ekstremallar uchun: sirk binosining chap tomonida dorixona va
gumma yonida taomlarini albatta tatib koʻrish kerak boʻlgan bir milliy taomlar
oshxonasi bor. Tandir somsa uchun, albatta, «Minor somsa». Shaharga xos casual
borasida menga samimiy muhabbatga boy «Chaykof»
yoqadi, u yerda doim bir xil mazali taomlar tayyorlanadi.
Roma Xochupiwo
fud-bloger,
@xochupiwo, «Pelikan» pivo doʻkonlari tarmogʻi CEO
4-dahadagi
kichkina bozorchada bir onaxon pegodi sotadi; esimni
taniganimdan buyon u oʻsha yerda oʻtiradi. Qaynoq, yangi pegodi. Shaharda hamma
ularni olgan keladi. Bu doʻkon emas, u shunchaki gʻildirakli konteyner ochadi.
Shuningdek, MUMda qovurilgan
pirojkalar (gumma, cheburek, xamirga oʻralgan sosiska va boshqa gilt-plejelar)
sotiladigan doʻkoncha bor. U yer
aksariyat mahalliy aholi orasida mashhur, shu bois pirojkalar aylanmasi
tinmaydi va shundoqqina frityurdan suzib beriladi.
Islom
Qurbonov
«12» restorani bosh oshpazi, @cheff_kurbonov
Men
asosan uyda yoki ishxonada ovqatlanaman, biroq teleminora ostidagi «Osh markazi”dagi ajoyib palovni rad etmayman.
Har doim uning sifati va mening kasbimdagi odam uchun alohida ahamiyatli
sanitar meʼyorlarga amal qilinishiga ishonaman. U yerga tushda borgan va asosiy
gastronomik yodgorlik uchun navbatga turgan afzal. Muassasa soat 14:30 da
yopiladi va oshpazlar (palov tayyorlash boʻyicha mutaxassislar) uylariga
tarqalishadi.
Saidakmal
Vahobov
«Qand» shokolad uyi asoschisi, @said_qand
Bokschilar
bilan oyda bir marta uyda ochilgan
choyxonada toʻplanamiz, bir oy oldin joy buyurtirish kerak. Muassasa eski
shahardagi Archa koʻchadagi avtoservis yonida
joylashgan. Minor masjidi
chorrahasidagi somsa ham yoqadi —
ham koʻrimsizgina joyda, lekin somsalari juda mazali. Shashlikni Oloy
bozori sut rastasi oʻng tomondan olaman. Eng yaxshi mastava — Shashleek oshxonasida, «Napoleon»
shashligi esa kaboblar imperatoridir. Munosib yevropa taomlari uchun doim «Kafe Kafe» («Loft»)ga boraman.
Kamila
Kamilova
xoʻranda, BeFlex studiyasi asoschisi,
@milk_amilova
Men
uchun Mannam koreys kafesi oʻziga
xos joy hisoblanadi. Bu kafe oʻzini uncha reklama qilmaydi, biroq poytaxtlik
xoʻrandalar orasida juda talabgir. U yerga borishimga bir qancha sabablar bor:
a) barcha taʼm retseptorlarim chanqogʻini qondirish, chunki koreys taomlari oʻzida
taʼmlar kamalagini mujassam etadi va bitta taomda ham achchiq, ham shoʻr, ham
shirin taʼmni uchratish mumkin; b) sarxushlikdan keyin oʻzimga kelish, buning
uchun istalgan koreyscha shoʻrvani buyurtma qilish kerak, u sizni yaxshi qizdiradi;
c) shuningdek, u yerga boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlarni olib borishni
yoqtiraman, bu ularni gʻoyat xursand qiladi va bu joyni sevimlilar roʻyxatiga
saqlab olishadi.