Coffee Nation
Terruarlikni saqlash maqsadida oʻzining ehtiyotkorona qovurishiga, oʻnlab turfa navdagi va geografiyadagi donlarga ega, qora qahvaga alohida muhabbatli hamda sutli ichimliklarga eʼtiborli speshelti-qahvaxona. «Coffee Nation”da har kuni taʼmdagi gradatsiyasi gullidan to shokoladli jilogacha boʻlgan va turli nordonlikdagi ikkita batch-bryu isteʼmol qilish mumkin. bu yerda sizning qahva borasidagi tashabbuslaringizni shunchalik qoʻllab-quvvatlaydilarki, hato brew-hudud tashkil etishgan: oʻz qahva donlaringiz bilan kelib yoki shu yerdagilardan tanlab, istalgan aksessuardan foydalanish va mustaqil qahva damlab koʻrishingiz mumkin.
Oʻz filtr yoki kapuchinongizni ichar ekansiz, ixcham kutubxonadan kitob olib varaqlashingiz mumkin, ketishda esa, bir paket dondan olvoling — uyingizdagi devaysingizga mos keladigani ham topiladi. Qahvaxonada muntazam ravishda havaskorlar va professionallar uchun mahorat saboqlari, maʼruzalar, latte-art boʻyicha vorkshop va boshqa aeropress-batllar uyushtiriladi.
Coffeelab
Qahva laboratoriyasi, bryu-bar, v60 oʻramasi fan-klubi va, bir ovorada, frilanser-qahvashunoslar kovorkingi. «Coffeelab» AQSHdan Tailandgacha boʻlgan xorijiy qovuruvchilar donlarida ishlaydi. Bu yerda espresso-klassika tayyorlaydilar, lekin koʻproq muqobillikni afzal koʻradilar, yozgi mavsumda shahar uchun noyob boʻlgan kold bryu taqdim etadilar. Sovuq damlanadigan qahva, chuqur xush boʻy va toʻyingan taʼmga ega boʻlishi uchun, maxsus cold brew towersʼda naq 16 soat tindiriladi — uning eshitilishining oʻzidan tatib koʻrmasangiz boʻlmasligi maʼlum. Qahvaxonalardan biri tor koʻchada — Taras Shevchenko pazandachilik koʻchasidan ikki qadam narida, ikkinchi «Coffeelab» Chilonzorda joylashgan va ikkisi ham ajoyib joy.
«Rassvet»
«Moviy gumbazlar» hovlichalarida yashiringan, speshelti-qahva, yaxshigina pishiriq va mavsumiy hamda mahalliy masalliqlardan nonushtalar tortiladigan kichikkina doʻstona qahvaxona. Qahva ustida qahva haqida soʻzlashishni yoqtirsangiz, shu yerga keling: Oʻzbekiston qahva industriyasi haqida soʻz yuritish, latte-art yoʻnalishlarini muhokama qilish va taʼmlar toʻgʻrisida hikoyalar — barchasi «Rassvet”ning taqdiriga bitilgan. Muqobillik uchun donlarni turli mamlakatlardan keltiradilar, shu sababli har doim yangi taʼmni tatib koʻrish mumkin. Kapuchinoni joyida ichishda yoki take awayʼga buyurtirishda oʻz krujkangizni taqdim etsangiz, jamoa yanayam xursand boʻladi — bu ekologik toza va bizni ongli isteʼmolga bir qadam yaqinroq qiladi.
Nonushtalarning ixcham menyusidan karamellangan keshyu va mevali suli yormasini, pesto, tuxum va mayin tomatli yashil grechkani tatib koʻrish mumkin. Shirinliklardan har tong pishiriladigan kardamon yoki dolchinli bulochkalar — bu mastxev. Baʼzida oʻz bulochkangiz uchun qahvaxona yonida yashaydigan zagʻizgʻon bilan kurashishga ham toʻgʻri keladi. Bu anchayin shumtaka va qiziquvchan qush allaqachon «Rassvet”ning tumoriga aylanib ulgurdi.
Book Cafe
Kitob klublari va yolgʻiz kitobxonlarning toʻplanish nuqtasi, sendvich-shop va sermazmun qahvaxona. Asosan mahalliy qovuruvchilar donlaridan qahva qaynatadilar, yorqin, koʻpqatlamli taʼmga ega, nordonligi va shirinligi muvozanatlangan qahva tayyorlaydilar. Kun boʻyi tortiladigan nonushtaga kranch-tovuqli, mol goʻshtidan bekonli yoki baliq kotletili yaxshigina sendvichlar, yana shaqshuqa, quymoq va xayrli tongning boshqa ramzlarini taqdim etadilar. Bu yerda dam olish kunlari dunyoning turli chekkalaridagi qovuruvchilardan qahva kappingi, xitoy choyi degustatsiyasi va mahalliy brendlar marketlari uyushtiriladi, shuningdek muntazam asosda kitob minimarketi ishlaydi.
Aroma Coffee
Tashkent City Mallʼdagi «Aroma» qahvaxonasi — shopingdan oldin, mobaynida yoki undan keyingi estetik kofebreyklar uchun zamonaviy, yorugʻlikka choʻmgan makon. Peshoynadagi modellar qatorida yumshoqqina havoyi kruassanlar, xandon pistali krem toʻldirilgan qatlama shirintoylar, mevali denishlar va noodatiy mussli desertlar tizilib turadi. Bundan tashqari, tushlikka qolishni istasangiz, kompleks nonushtalar, salatlar va issiq ovqatlar ham bor.
Moona Cafe
«Moona» multibrend maskanidagi feshen-kofeshop. Siz nafis sharqona interyerdan hayratlanib, modali reyllar orasidan sayr etarkansiz, sizga bejirim chinni piyolada namunaviy kapuchino yoki achchiqqina espresso hozirlab qoʻyadilar. «Moona”da muqobil sutda qahva tayyorlashlari, shakar oʻrniga topinambur siropini qoʻshishlari va umuman, sizni matcha ishqibozlari klubiga taklif qilishlari ham mumkin. Bu yerda ushbu yashil kukunli choyni juda yoqtiradilar — uning asosida issiq ichimliklar, limonadlar, shuningdek pechene, chizkey va tiramisu tayyorlaydilar.
Timʼs Coffee & Roastery
«Timʼs» brendi ostida uchta qahvaxona-rosteriya ishlaydi. Efiopiya, Gonduras, peru, Kolumbiyadan keladigan donlar mahalliy oʻrtacha qovurishdan oʻtadi va oʻzini qaynoq, sovuq va muqobil koʻrinishda namoyon etadi. Muqobil koʻrinishga eʼtibor berishni tavsiya qilamiz: «Timʼs”da purover, kemeks, french-press, sifon va batch qoʻllaniladi, bu tarmoqlar uchun anchayin kutilmagan holat. „Timʼs”da har bir chashkaga pechene ilova qilinadi va sizga yoqib qolsa, peshoynaga borib, noyob taʼmli xos kukislarni koʻring. Arsenalda — sariyogʻli-quyultirilgan sutli, kremli-smorodinali, M& Mʼs-qumoqli, oreo uslubidagi, snikers motividagi, qahvali va boshqa turdagi pechenelar.
«Varim kofe»
«To go» formatidagi, bir stakan tetiklik uchun kirib oʻtishga arzigulik qahva nuqtalari tarmogʻi. Menyuda, tabiiyki, barcha klassika mavjud, lekin mualliflik ichimliklari: xit boʻlgan lavandali raf, qishki qahva glintveyni va greypfrutli fresh va tuzlangan karamelli xorazmcha yozgi qahva yanada qiziqarliroq. Jamoani muntazam ravishda mahalliy brendlar marketlarida, doimiy suratda esa — oʻzbekistonlik dizaynerlarning «Teplo Store» doʻkoni birinchi qavatida va «OʻzEkspo» 5-pavilyoni yonidagi oynavand uychada (bizning sevimli lokatsiyalarimiz) uchratish mumkin.