о людях и еде от яндекс еды

мы в телеграм
  • Места
  • Люди
  • Блюда
  • Новости
‌
МестаКуда сходить

Avvalo, bu chiroyli: insta-restoranlar

24 марта 2025
‌
Маргарита УрманцеваНавигатор по ташкентскому гедонизму, co-founder & creative director Naked Eye Studio
‌
“Fungi” rizottosi
‌
‌

Punto

м. Буюк Ипак Йули • Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 27
 4.8(165 оценок)
250 000-600 000 сум • Итальянская, Европейская

Контакты

Позвонить в ресторан
‌
Krevetkali popkorn va nokdan tayyorlangan chatnili pashtet
‌
‌

Brasserie Lambic

м. Айбека • Toshkent, Said Baraka koʻchasi, 16B
 5.0(1152 оценки)
250 000-600 000 сум • Европейская, Авторская

Контакты

Позвонить в ресторан
‌
‌
‌

La Mer

м. Мингурюк • Toshkent, Shota Rustaveli koʻchasi, 43
 5.0(739 оценок)
250 000-600 000 сум • Авторская, Итальянская

Контакты

‌
Buzoq goʻshtidan karpachcho va laym-kokos
‌
‌

12

м. Мингурюк • Toshkent, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 40-40/1
 5.0(572 оценки)
250 000-600 000 сум • Авторская, Итальянская

Контакты

‌
Lekin pishloqli krem-sup va tanduri-sendvich
‌
‌

Breadly

м. Ташкент • Toshkent, Taras Shevchenko koʻchasi, 21А
 5.0(119 оценок)
<120 000 сум • Европейская

Контакты

Позвонить в ресторан
‌
Matcha
‌
‌

Moona cafe

м. Дружба Народов • Toshkent, Furqat koʻchasi, 2A
 4.5(28 оценок)
120 000-250 000 сум

Контакты

Позвонить в ресторан
‌
Xos tiramisu-blin, krevetkali bolu
‌
‌

Zira cafe

м. Дружба Народов • Toshkent, Oʻqchi koʻchasi, 3
 5.0(698 оценок)
120 000-250 000 сум • Европейская

Забронируйте онлайн

Потребуется авторизация Яндекс ID
16:30Сегодня17:00Сегодня17:30Сегодня18:00СегодняВсе слоты
‌
Ingliz nonushta, pista sinnabon
‌
‌
‌
Americano, Doppi sovg'a qutisi
‌
‌

Qand

м. Мингурюк • Toshkent, Shahrisabz tor koʻchasi, 6
 5.0(140 оценок)
250 000-600 000 сум • Европейская

Контакты

Позвонить в ресторан
Красивые места

Поделиться

о людях и еде от

Версия: 2.254.0

Места
ОбзорыИсторииКуда сходитьГорода
Люди
ИсторииЧему учитьсяМненияРазвлеченияБлиц
Блюда
ИсторииПодборкиРецептыПродукты
Новости
СкидкиОткрытияВакансииСобытияКадрыИсследованияЦитатаДругое
мы в телеграм
РекламаО редакцииРедакционная политика

© 2026, ООО «Яндекс еда» (18+)

для обратной связи news.openkitchen@eda.yandex.ru

Oʻziga xos neoitalyancha «Punto» restoranining nomi interyerning har bir detalida aks etadi. Oddiy doira (aniqrogʻi, nuqta — italyanchada «Punto» shu maʼnoni anglatadi) shaklining masshtablanishi amalda oʻtkir burchaklarsiz makonni yuzaga keltirdi: ravoq ustunlari, mayin chiziqlar, kreslolarning silliq egiklari, oʻsimliklar uchun aylanasimon chelaklar. «Punto”da deraza oldida amaliy uchrashuvlarni chiroyli oʻtkazish, ixcham terrasada nonushtani yoqimli va siyrak fonuslardan taralayotgan xira yorugʻlikda kechki taom tanovulini sermazmun qilish mumkin. Agar chekka burchakdan joy olinsa, restoranning butun meʼmoriy-grafik malohatini oltin kesmada kuzatish mumkin boʻladi.

Punto

Bir necha yil oldin ijtimoiy tarmoqlar #nimayeyayotganimnidunyobilsin fotosuratlari bilan toʻlib-toshdi, lekin hozirda tanlov oʻzgacha. Taomxona tasmada yalt etib koʻrinishi uchun mazali va chiroyli likopchaning oʻzi yetarli emas — mehmonlar tomosha istaydilar, aniqrogʻi, dizaynerlik interyerlari va zamonaviy dekor xohlaydilar. 

«Fungi» rizottosi

«Punto”da taomlar ham goʻzal va nazokatli taqdim etiladi. Klassika mavzusidagi mualliflik tvistlari, xos pitssa, antipastalar va anʼanaviy italyan desertlari mavjud. Buyurtma qilinishi shart boʻlgan taomlar — „Fungi“ rizottosi, tryufelli-parmezanli batat-fri va „shovulli“ damlama.

«Lambic”ning umumiy kamtarona yoritilishi portretingizni olishga moʻljallanmagan, lekin stollardagi chiroqlar oʻz vazifasini bajaradi va kechki taomlar suratlari nihoyatda ishtahaochar chiqadi. Ayniqsa — ham suratda, ham taʼm borasida — masalliqli kartoshka-vafli, krevetkali popkorn va nokdan tayyorlangan chatnili pashtet eʼtiborga molik.

Ushbu Belgiya brasserisining ochilishini bilimdon birgik-estetlar uzoq kutdilar va u bunga haqiqatan arziydi. «Lambic» interyeri neoklassik uslubda bezatilgan, devorlar dadillik bilan toʻq sharob rangiga, zumrad va siyohrangga boʻyalgan; sharsimon yoritkichlar va «ar-deko» urgʻusiga ega koʻzgular diqqatga sazovor. Diqqat (va zal) markazida — kontaktli bar, u yerda 100+ turdagi pivo atlasi boʻylab ekskurs oʻtkazuvchi barmenlar kompaniyasida oqshomlarni qulay oʻtkazish mumkin.

Brasserie Lambic

«La Mer”ga baland shiftli, ravoqsimon romli va gʻishtin devorli binoning oʻzi nafosat bagʻishlaydi — bu yerda intellektual osuda hashamat muhitini his qilasiz. Agar tokchalardan biriga joylashib olinsa, ham restoran ichi, ham Rustaveli koʻchasidagi gavjum hayot manzarasi kaftdek koʻrinadi. „La Mer”dagi eng mashhur fotochekinʼlar — ustritsa va prosekko bilan, selfi uchun eng yaxshi tanlov esa — ayollar pardozxonasi va, oqshom paytida, fasad boʻylab tushgan terrasa sanaladi.

La Mer

Krevetkali popkorn va nokdan tayyorlangan chatnili pashtet

Hashamatli muhit har doim dengiz taomlari (sifud) bilan zoʻr chiqishadi, shu sababli Shota Rustavelidagi «La Mer» muxlislarga darhol manzur boʻldi. Keng-moʻl restoran boshida ikkitagina — ikkinchi va yertoʻla qavatdagi zaldan boshlangandi, birinchi qavatda esa olib ketish uchun koʻplab turdagi dengiz mahsulotlari va olijanob pishloqlar sotiladigan doʻkon joylashgandi. Bir yildan sal koʻp muddatda taomxona karrasiga kengaydi va hatto, yapon taomlari uchun alohida zallar ajratdi.

Restoran 12

Buzoq goʻshtidan karpachcho va laym-kokos

Taomxonada bosh oshpaz Islom Qurbonov tayyorlagan taomlar ham suratbop, uning portfoliosida Rossiyaning top-restoranlari joy olgan (jumladan, Sartoria Lamberti, Beluga). Shubhasiz, buzoq goʻshtidan karpachcho va laym-kokos kremili ilonbaliqdan tatib koʻrish lozim. Agar bokalli estetikani yoqtirsangiz, 12 ta mualliflik kokteyllarini buyurtirib, sinab koʻrishingiz mumkin.

Shevchenko pazandachilik koʻchasidagi yangigina «Breadly» nimasi bilan eʼtiborli? Birinchi navbatda, kafening qoq oʻrtasidagi favvora bilan. Ravoqli interyer, sernabotot va favvorali (ha, uni tilga olmay oʻtib boʻlmaydi) bu maskan shinamgina Yevropa shaharchasidagi uylarning ichki hovlisini esga soladi. «Breadly”ning barcha filiallari anchayin osuda, lekin yangi lokatsiya alohida muhitga ega — bu yerda pichirlagan holda sevimli kitoblarni muhokama qilgingiz keladi.

Shevchenkodagi Breadly

Menyu boshqa filiallarniki kabi — mualliflik interpretatsiyasidagi Yevropa taomlari; anʼanaga koʻra, peshoynada yangi pishgan pishiriqlar va non qoʻyilgan; har bir narsada oʻsha, taniqli «soddalikdagi goʻzallik» kuzatiladi. Lekin pishloqli krem-sup va tanduri-sendvich, fikri ojizimizga koʻra, atayin tashrif buyurishingizga arziydi.

Lekin pishloqli krem-sup va tanduri-sendvich

Eng kutilmagan makon — «Moona» multibrend butikidagi kafe. «Moona Cafe» — minimalistik yapon desertlari, choyli ichimliklar va speshelti-qahvali nihoyatda zamonaviy maskan.

Agar matchani biz sevgandek sevsangiz, albatta «Moona Cafe”da muzqaymoq, chizkeyk va hatto, taniqli achchiqroq-shirin taʼmli va chiroyli yashil rangli tiramisu tanovuli uchun uchrashamiz.

Moona Cafe

Qiziqarli menyu va diltortar mijzolarga ega monoxrom bejirim kafe — bu «Zira”ning taʼrifi. Birinchi qavat ommalashib borayotgan siti-kafe formatiga ega — bu yerda uchrashish ham mumkin, kitob ham oʻqib oʻtirsa boʻladi. Oynadan ishlangan keng-moʻl kiraverish zalga yaxshigina yorugʻlik kiritadi, shu bilan koʻzni qamashishdan asraydi (Toshkentning quyoshida bu juda muhim), devordagi oq-qora shahar manzarasi esa, muntazam ravishda mehmonlar fotosuratlari uchun fon boʻladi. „Zira”ning ikkinchi qavati ancha osuda muloqotga undaydi. Stollar bir-biridan yetarlicha masofada joylashgan, qisman iliq sopol koshin qoplangan och rangdagi devorlar va yogʻoch mebel zalning bu qismini ayniqsa shinam va orombaxsh qiladi.

Zira Cafe

Matcha

Kafening amalda butun menyusi kadrda suratbop chiqadi; aftidan, mavsumiy speshllar yaratishda jamoa buni ham yodda tutgan. Xos tiramisu-blin, krevetkali bolu va mazali tovuq burgerini albatta tatib koʻrish kerak.

Xos tiramisu-blin, krevetkali bolu

«Tower» mehmonxonasining yuqori qavatida shahar markazining manzarasi va «12» restobarining nazokatli taomlari namoyon boʻladi. Bir qarashdagi nimqorongʻilikka qaramay, zal anchayin iliq bezatilgan (chaqnagich bilan suratga olishga urinib koʻring), markaziy qismdagi fakturali yoritgichlar va shamlar koʻrinishidagi urgʻular oʻziga jalb qiladi va goʻyoki mehmonlar bilan sirlashayotgandek tuyuladi. «12”ning eng instagrambop nuqtalari — zalga kiraverishdagi koʻzgu (unda jumadan yakshanbagacha har hafta tanish chehralar rekord darajada namoyon boʻladi), tez-tez taklif etiladigan didjeylar joy oladigan uzun umumiy bar va, albatta, tungi shahar manzarasi.

Kafe modadagi doʻkonga qoʻshni boʻlib, uning ruhiyatini davom ettiradi: xotirjam kulrang jilolar, sharqona ravoqlar, ajabtovur tokchalar, mualliflik oʻyma naqshlari tushirilgan yogʻoch panellar va firuzadan olijanob urgʻular. Goʻyoki dizayner uchun texnik vazifada Oʻzbekiston tarixiy shaharlarining vizual kodini tasvirlash topshirilgandek. «Moona Cafe”da eski shahardagi loysuvoq uyni aks ettiruvchi sokin zallar boʻladimi yoki yozgi terrasami — hammasi sermazmun fotosuratlar olishga moʻljallangan.

Sitidagi June

Sitidagi «June» shahar kafesi «ismi jismiga mos» — yorqin va joʻshqin koʻrinadi. Rangdor urgʻular urbanistik loftga oʻynoqilik bagʻishlaydi, pardozdagi oq monoxrom esa, makonni vizual kengaytiradi. Har qanday taqvimga muvofiq, «June» yashillikka burkangan, terrasada esa, yilning iliq davrlarida haqiqiy siesta oʻtkazail imkonini beruvchi ajoyib shezlonglar oʻrnatiladi. Sitidagi filial — frilanserlar uchun ohanrabo va «My office for today» janridagi storislar uchun mashhur lokatsiya. Yana bu yerda uy hayvonlari bilan keladilar, bu muhitni yanada yoqimtoylashtiradi.

Katak-katak stollarda kun boʻyi tortiladigan nonushtalar, xandon pistali sinnabonlar va matchali turfa xil ichimliklar yorqin namoyon boʻladi — xeshteg: ichkarida yoz.

Qand

«Qand» shokolad brendining ustaxonasi va doʻkoni — haqiqatan sermazmun maskan. Brend asoschisi — Saidakmal Vahobov, oʻzbekistonlik musavvirlar asarlarining ishqibozi va kolleksioneri sifatida, butun devorlarni kartinalar bilan toʻldirgan. Interyerning yashil jilosiga xonaki oʻsimliklar uygʻunlashadi — haqiqiy voha yuzaga keladi. Ustaxonaga ayniqsa yoz jaziramasida kelishli: shokolad uchun muvofiq harorat ushlab turilgani sababli, ichkarida juda salqin boʻladi. «Qand”da juda mazali konfetlar bilan qahva ichish, jamoa bilan suhbatlashish va uyga yoki sovgʻaga yeguliklar xarid qilish mumkin.

Ingliz nonushta, pista sinnabon

Americano, Doppi sovg’a qutisi